25 ming xotin-qizga hunar örgatgan qaşqadaryolik ayol "Işbilarmon ayol — 2025" ğolibi
Qarşi şahrida “Işbilarmon ayol” körik-tanlovining respublika–hududiy bosqiçi bölib ötdi. Tanlovda tuman va şahar bosqiçlarida ğolib çiqqan tadbirkor, fermer va hunarmand xotin-qizlar qatnaşdilar.
Birinçilikka dilafröz Muhammadiyeva sazovor böldi. U 30 yildan buyon tadbirkorlik bilan şuğullanib, 25 mingdan ziyod xotin-qizga ön beşdan ortiq kasb-hunar örgatdi, 200 mingdan ortiq yoşlarni iş bilan ta’minlaşga hissa qöşdi. Hozirda “Sunbula” öquv markazida yoşlar tikuvçilik, oşpazlik, payvandlaş, kompyuter savodxonligi kabi yönalişlarda ta’lim olişmoqda.
Ikkinçi örin Şoira Lolayevaga, uçinçi örin esa Çiroqçidan Saltanat Qöldoşevaga nasib etdi.
Tanlovda qatnaşgan ayollar öz tajribasi va loyihalari bilan örtoqlaşib, iş örinlari yaratiş, mahalliy işlab çiqarişni rivojlantiriş va innovatsiyalarni joriy etişdagi taşabbuslari bilan baholandilar.
Ğolib va sovrindorlar diplom va esdalik sovğalari bilan taqdirlandilar.