“Mahallaning işbilarmon ayoli” loyihasi doirasida Xivadagi gilamdöz va kulolsoz xotin-qizlar faoliyati örganildi
O‘zLiDeP taşabbusi bilan amalga oşirilayotgan “Mahallaning işbilarmon ayoli” loyihasi doirasida Xorazm viloyatidagi bir qator mahallalarda tadbirkor xotin-qizlar faoliyati örganildi. O‘zLiDeP Xorazm viloyat Kengaşi “Ayollar qanoti” taşabbusi bilan Xiva şahrining “Angarik”, “Gazçi”, “Kalta minor” va “Sangar” mahallalarida amaliy uçraşuvlar ötkazilib, tadbirkor ayollar bilan oçiq muloqot taşkil etildi. Uçraşuvlar davomida mahallalarda öz mehnati bilan namuna bölayotgan işbilarmon ayollar faoliyati bilan tanişildi. Xususan, “Angarik” mahallasida 35 yildan buyon gilamdözlik bilan şuğullanib kelayotgan Klara Ismailova öz hunari orqali köplab şogirdlar tayyorlagan. “Kalta minor” mahallasidagi “Xiva Dilnoza kulol” oilaviy korxonasi esa 40 turdan ortiq kulolçilik mahsulotlari işlab çiqarib, 30 nafar xotin-qizni doimiy iş bilan ta’minlab kelmoqda. “Sangar” mahallasida tadbirkor Maqsuda Sobirova tomonidan taşkil etilgan “Xiva smart kids” nodavlat maktabgaça ta’lim muassasasi ham xotin-qizlar bandligini ta’minlaşda muhim örin tutmoqda. Bunday amaliy örganişlar mahallalardagi işbilarmon ayollarning tajribasini ommalaştiriş, ularni qöllab-quvvatlaş va yangi iş örinlari yaratişga xizmat qilmoqda.