Shanba 23-Noyabr 2024-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Ta’lim dargohida iste’dodli o‘quvchi-yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi

17.07.2024
488

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosari, O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi Aktam Xaitov Andijon viloyatiga tashrifi mobaynida Buloqboshi tumanidagi 43-umumiy o‘rta ta’lim maktabida ham bo‘ldi.

Ta’lim dargohida pedagog o‘qituvchilar hamda iste’dodli o‘quvchi-yoshlar bilan uchrashgan partiya yetakchisi o‘zaro samimiy muloqot ruhida kechgan suhbatda yurtimiz egalari bo‘lgan yoshlarga ko‘rsatilayotgan e’tibor bugun har qachongidan ham yuqori pog‘onaga ko‘tarilganini e’tirof etdi.

Shuningdek, ta’limda xususiy sektorning ulushi ortib borishi bilan sohada sog‘lom raqobat muhiti yuzaga kelgani, yoshlarga tanlov imkoniyatlarini oshirgani, xususiy ta’lim muassasalarining yoshlarni sifatli ta’lim bilan qamrab olinishida davlatga ko‘makchi bo‘layotgani xususida ham to‘xtaldi.

Xususiy ta’lim muassasalari sohada ta’lim sifatini oshirish, madaniyatini shakllantirish, o‘zini o‘zi rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etibgina qolmasdan, xususiy sektor davlatning ta’lim xizmatlari bilan ta’minlash yukining bir qismini o‘ziga olgan holda aholining ta’lim olishiga bo‘lgan ehtiyojlarini qondira boshlagani e’tiborga molik ekanini qayd etdi.

Ta’lim va ilm-fan, texnologiyalarni yanada rivojlantirish, uzluksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish tarafdori bo‘lgan partiya bundan buyon ham yoshlarni ta’lim olishi, yetuk salohiyatli kadr bo‘lib yetishishi, bandligining ta’minlanishi, jamiyat va davlat hayotining barcha jabhalarida o‘zining o‘rni va ovoziga ega bo‘lishida yaqin ko‘makchi bo‘lib qolishini bildirdi.

Partiya yetakchisi o‘quvchi-yoshlar bilan o‘tkazilgan muloqot uchrashuvi asnosida ularning orzu-istaklari, davlat jamiyat boshqaruviga doir taklif va tashabbuslari bilan ham qiziqdi.

Tadbir yakunida ta’lim dargohining ko‘zga ko‘ringan muayyan yutuqlarni qo‘lga kiritgan o‘quvchilariga partiyaning esdalik sovg‘alari topshirildi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?