Qaşqadaryolik tadbirkorlarning takliflari asosida qonunçilik taşabbuslari işlab çiqiladi
Joriy yil sentyabr oyida Oliy Majlis Qonunçilik palatasidagi ÖzLiDeP fraksiyasi rahbari Aktam Xaitov boşçiligida fraksiya a’zolari va mahalliy kengaş deputatlar Qaşqadaryo viloyatining barça tuman va şaharlarida jami 34 ta uçraşuv ötkazişdi. Tadbirkorlar, fermerlar va aholi vakillari bilan bölgan muloqotda iqtisodiy islohotlar samaradorligini oşirişga qaratilgan takliflar ilgari surildi.
Örganişlar davomida tadbirkorlar QQS tölovçisi sifatida röyxatdan ötişda tösiqlar bölayotganini ta’kidlaşdi. Şuningdek, “Yangi Özbekiston” massivlarida quriliş muddati keçiksa, imtiyozli yer soliğini ikki baravar undiriş tartibi tadbirkorlarning moliyaviy yukini oşirayotgani qayd etildi. Uşbu talablarni qayta körib çiqiş, soliq tizimini aylanma mablağ va aniq keçiktiriş muddati asosida belgilaş taklif etildi.
Bundan taşqari, muloqotda ma’muriy javobgarlik kodeksidagi veterinariya inspektorlari vakolati böyiça qarama-qarşiliklar borligi ham qayd etildi. Fraksiya a’zolari va deputatlar bu masalada jarima miqdorlarini yagona me’yorga keltiriş zarurligini bildirişdi. Şuningdek, fermer xöjaliklariga tegişli yer şartnomalarini bekor qilişda tuman hokimliklari va Kengaşlar örtasidagi vakolatlarni aniq belgilaş lozimligi ta’kidlandi.
ÖzLiDeP fraksiyasi Qaşqadaryoda aniqlangan uşbu taklif va muammolarni umumlaştirib, ular asosida amaldagi qonunçilikni takomillaştiriş böyiça qonunçilik taşabbusi bilan çiqişni ma’lum qildi. Partiyaning bunday yondaşuvi joylarda tadbirkorlik muhitini yanada yaxşilaşga xizmat qiladi.