Payshanba 31-Oktyabr 2024-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Yoshlar parlamenti a’zolari uchun respublika seminari tashkil qilindi

15.06.2024
351

O‘zLiDeP "Yoshlar qanoti" tashabbusi bilan Yoshlar parlamenti a’zolari va partiya faollari uchun siyosiy- huquqiy savodxonlikni oshirishga qaratilgan ikki kunlik respublika o‘quv seminari o‘tkazildi.

Seminarda yoshlarga konstitutsiyaviy islohotlarning mazmun-mohiyati, qonun chiqaruvchi organ faoliyati, parlament tushunchasi va uning jamiyat hayotidagi o‘rni hamda O‘zbekiston zamonaviy siyosatshunoslik kabi mavzularda malakali ekspertlar tomonidan ma’lumotlar berildi.

Ta’kidlash joizki, Parlament tadqiqotlar instituti bilan O‘zLiDeP o‘rtasida qo‘shma memorandum imzolangan. Unga muvofiq, partiya vakillari, yoshlar parlamenti a’zolari, yoshlar qanoti faollarining tizimli malakasini oshirib borish belgilab berilgan. Mazkur ikki kunlik seminar ham ayni shu maqsadda tashkil qilindi.

Semnar davomida "O‘zbekiston - 2030" strategiyasida yoshlarga oid belgilab berilgan vazifalar va ularning ijrosida bevosita yoshlarning ishtiroki kabi masalalarda muhokamalar olib borildi.

Shuningdek seminarda yoshlarga diplomatik etiket, volyontorlik faoliyatini tashkil etish, jamoa bilan ishlash texnologiyasi va boshqaruv qobiliyati kabi mavzularda ham ma’ruzalar, bahs-munozaralar bo‘lib o‘tdi.

Seminar yakunida eng faol yoshlar partiyaning esdalik sovg‘alari va tashakkurnomalari bilan taqdirlandilar.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?