Shanba 02-Avgust 2025-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Ayrim normalar yuzasidan aniqlashtiruvchi savollar berildi

29.07.2025
39

2025-yil 28-iyul kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi fraksiyasi yig‘ilishida dastlab davlatimiz rahbarining o‘tgan haftada Jizzax viloyatiga amalga oshirgan tashrifi haqida so‘z yuritildi.

Fraksiya a’zolari tashrif davomida Prezidentimiz tomonidan bildirilgan taklif va tashabbuslar mamlakatimizning iqtisodiy salohiyatini yanada yuksaltirish, aholi farovonligini oshirishga xizmat qilishini qayd etgan holda, bu borada partiya va uning fraksiyasi oldida turgan ustuvor vazifalarni belgilab oldilar.

Yig‘ilishda mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihasi ko‘rib chiqildi.

Ta’kidlanganidek, qonun loyihasi bilan mahalliy Kengash raisi va hokim lavozimlari bir-biridan ajratilganligi sababli, amaldagi 9 ta kodeks va 71 ta qonunlar qayta ko‘rib chiqilib, ularda nazarda tutilgan mahalliy davlat hokimiyati organlarining vazifa va funksiyalari “Kuchli Kengash, hisobdor va tashabbuskor hokim” tamoyili asosida vakillik va ijro etuvchi hokimiyat organlari o‘rtasida qayta taqsimlanmoqda.

Shuningdek, mahalliy Kengashlarga hokimliklarning 28 ta vakolatlari hamda qonun hujjatlarida mahalliy davlat xokimiyati organlariga umumiy berilgan vakolatlarning aniqlashtirilishi natijasida yana qo‘shimcha 33 ta vakolat, jami 61 ta vakolatlar o‘tkazilmoqda.

Xususan, mahalliy vakillik organlariga joylarda rivojlanishning asosiy yo‘nalishlarini belgilash, kompleks dasturlarni tasdiqlash, qonuniylikni ta’minlash borasidagi keng vakolatlar yuklatilmoqda.

Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga esa qabul qilingan qonun hujjatlari, dasturlar ijrosini ta’minlash, ijro bilan bog‘liq boshqa vazifa va funksiyalar belgilanmoqda.

Fraksiya a’zolari qonun loyihasidagi ayrim normalar yuzasidan bir qator savollarni o‘rtaga tashladi. Qonun tashabbuskorlari tomonidan berilgan tushuntirishdan so‘ng, ushbu hujjat qo‘llab-quvvatlandi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?