Asosiy kontentga o‘tish
Seshanba 26-may 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

“Salomatlik sari” aksiyasi doirasida rishtonlik 118 fuqaroga stasionar davolanish uchun yo‘llanma berildi

26.05.2026
25

Farg‘ona viloyati Rishton tumanida “Salomatlik sari” aksiyasi tashkil etildi. Unda 200 nafardan ortiq ayollar, bolalar, keksalar va ijtimoiy ko‘makka muhtoj fuqarolar ishtirok etdi.

Aksiya doirasida endokrinolog, urolog, mamolog, onkolog, ginekolog, kardiolog, terapevt, nevropatolog, oftalmolog, gastroenterolog va LOR shifokorlari ishtirokida bepul tibbiy ko‘riklar o‘tkazildi. Shuningdek, ko‘chma UZI, EKG, flyuorografiya, mobil rentgen va mamografiya apparatlari orqali aholi chuqur tibbiy tekshiruvdan o‘tkazildi.

Ko‘riklar natijasida 118 nafar fuqaroga stasionar davolanish uchun yo‘llanma, 31 nafar ishtirokchiga ambulator tavsiyalar berildi. Ehtiyojmand oilalarga dori-darmonlar va tibbiy vositalar tarqatilib, nogironligi sababli uyida og‘ir ahvolda yotgan 5 nafar fuqaro xonadonlarida ko‘rikdan o‘tkazildi. Bu kabi aksiyalar aholi salomatligini mustahkamlash va inson qadrini ulug‘lashga xizmat qilmoqda.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?