Aktam Xaitov boşçiligidagi işçi guruh Qaşqadaryoda sanoat korxonalari faoliyatini örgandi
Oliy Majlis Qonunçilik palatasidagi O‘zLiDeP fraksiyasi rahbari Aktam Xaitov boşçiligidagi işçi guruh tomonidan Qaşqadaryo viloyatida tadbirkorlik sub’yektlari va fermer xöjaliklari faoliyati örganildi. Taşrifdan közlangan asosiy maqsad tadbirkorlarni qöllab-quvvatlaş, işlab çiqariş jarayonlarida mavjud muammolarni joyida örganiş hamda ularni bartaraf etiş böyiça aniq çora-tadbirlar işlab çiqişdan iborat böldi.
Işçi guruh Qarşi şahridagi «Buyuk Turon» kiçik sanoat zonasida joylaşgan “Alp Texno Servis” MÇJ faoliyati bilan yaqindan tanişdi. Elektrotexnika sohasidagi yirik sanoat loyihalaridan biri sanalgan uşbu korxona televizor va monitorlar işlab çiqarişga ixtisoslaşgan bölib, işlab çiqariş quvvati birinçi bosqiçda yillik 120 ming donagaça mahsulotni taşkil etadi. Korxona mahsulotlari JVC, TCL, Zimmer, Hofmann kabi xalqaro brendlar talablariga töliq javob bergan holda eksportga yönaltirilmoqda.
Korxonada “SMART” brendi ostida ham mahsulot işlab çiqariş yölga qöyilgan bölib, kelgusida yillik işlab çiqariş hajmini 500 ming donagaça oşiriş rejalaştirilgan. Ilgari eksport qilingan mahsulotlar qiymati 3 million AQŞ dollarini taşkil etgan bölsa, yaqin istiqbolda bu körsatkiçni 6 million dollardan oşiriş maqsad qilingan. Ayni paytda işlab çiqarilayotgan mahsulotlarning qariyb 70 foizi taşqi bozorlarga yetkazib berilmoqda.
Örganişlar davomida korxonada işlab çiqariş va boşqaruv jarayonlariga sun’iy intellekt texnologiyalari keng joriy etilgani ijobiy tajriba sifatida qayd etildi. Şu bilan birga, xalqaro bozorda, ayniqsa Xitoy kompaniyalari bilan raqobatning kuçayib borayotgani, mahsulot tannarxini pasaytiriş, sifatni yanada oşiriş va innovasion yeçimlarni tatbiq etişda muayyan qiyinçiliklar mavjudligi ta’kidlandi.
Uçraşuv davomida tadbirkorlar tomonidan korxonalar raqobatbardoşligini oşiriş, eksport salohiyatini kengaytiriş hamda innovasion işlab çiqarişni qöllab-quvvatlaş böyiça qator takliflar bildirildi. Partiya rahbari Aktam Xaitov mazkur masalalarni qonunçilik nuqtai nazaridan çuqur örganiş, işlab çiqaruvçilar uçun qöşimça rağbatlantiriş mexanizmlarini joriy etiş böyiça aniq çoralar körilişini ta’kidladi.
Umuman olganda, Qaşqadaryo viloyatidagi örganişlar tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatini qöllab-quvvatlaş, işlab çiqarişni rivojlantiriş va qonunçilikni amaliyot talablariga mos ravişda takomillaştiriş yölida muhim qadam böldi. Işçi guruh tomonidan yiğilgan taklif va muammolar asosida tegişli qonunçilik taşabbuslari işlab çiqilib, Oliy Majlis Qonunçilik palatasi muhokamasiga kiritilişi rejalaştirilgan.