Asosiy kontentga o‘tish
Dushanba 23-noyabr 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Virtual qabulxona
0
Virtual qabulxona
Xayriya qiliş

Aktam Xaitov: fermerlar bilan dalaning özida mahorat darslari taşkil etiladi

24.10.2025
927

Bu yil Jizzax viloyatida agrar sohada izçil amalga oşirilayotgan islohotlar öz samarasini körsata boşladi. Viloyatdagi köplab fermer xöjaliklarida möl hosil yetiştirildi, ayrimlarida esa hosildorlik gektariga 90 syentnerga yetdi.

Oliy Majlis Qonunçilik palatasidagi O‘zLiDeP fraksiyasi rahbari Aktam Xaitovning ilğor fermerlar bilan uçraşuvlari, bevosita paxta dalalarida ötkazgan muloqotlarida islohotlar natijalari atrofliça muhokama qilindi. Şu bilan birga, sohani yanada rivojlantiriş böyiça qator takliflar ham ilgari surildi.

Muloqotlardagi asosiy maqsad — joriy etilayotgan yangiliklar bardavomligini ta’minlaş, ilğor iş usullarini ommalaştiriş hamda mavjud kamçiliklarni bartaraf etişdan iborat.

Bu yil viloyat dalalarida ilk bor Xitoyning Şinjon texnologiyasi asosida paxta ekiş amaliyoti qöllanildi. Unga köra, çigit plyonka ostiga, qöşqator usulida, oçiq maydonlarda esa yangiça 76 sxema böyiça qadaldi va intensiv usulda parvariş qilindi.

— Oçiğini aytganda, boşida yangilikdan çöçigandik, ammo hozir bu usulning samarasini körib, xursandmiz, — deydi Şarof Raşidov tumanidagi “Şavkat” fermer xöjaligi rahbari Sobir Böriyev. — Endi yangiça usulda yetiştirilgan paxtani köriş va maslahat oliş uçun boşqa fermerlar ham bizga kelmoqda.

Fermerlar Aktam Xaitovga bu yil yuksak natijaga erişgan xöjaliklar dalasida “Mahorat darslari” taşkil etiş taklifini bildirişdi. Bu orqali barça tumanlarda dalaning özida fermerlarga çigit qadaş, tomçilab suğoriş va parvariş jarayonlarini amaliy örgatiş yölga qöyiladi.

— Sohani yaxşi biladigan mutaxassislar maslahatiga katta ehtiyoj sezdik, — deydi Şarof Raşidov tumanidagi “Qörğontepa” fermer xöjaligi raisi Abdunabi Abdurahmonov. — Hozirgi zamon öqiş va örganişdan çarçamaydigan davr. Şu bois mutaxassislar iştirokida öquvlar taşkil etiş taklifimiz partiya yetakçisi tomonidan qöllab-quvvatlanganidan mamnunmiz.

— Uruğçilikda katta imkoniyat bor. Bu yil 40 gektar maydonga yangi nav qadab, gektariga 90 syentnerdan hosil oldik. Endi uruğçilikni mahalliy darajada rivojlantirişga e’tibor qaratişni taklif etdik, — deydi Zafarobod tumanidagi “Foriş yöllari” fermer xöjaligi rahbari Rustam Rayimqulov.

Partiya yetakçisi bilan bölib ötgan oçiq va samimiy muloqotlar çoğida jizzaxlik fermerlar bildirgan takliflar umumlaştirilib, ularni amalga oşiriş yuzasidan amaliy işlar boşlab yuborildi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?