Hamjihatlik, oçiq muloqot va yaqin şeriklik tarafdorimiz
Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyevning şiddat bilan özgarayotgan murakkab global vaziyatda ötayotgan Birlaşgan Millatlar Taşkiloti Boş Assambleyasining 80-sessiyasida sözlagan nutqi butun jahon hamjamiyati e’tiborini tortdi, desak mubolağa bölmaydi.
Davlatimiz rahbarining yuksak minbardan turib çin yurakdan aytgan sözlari har doimgidek jahon ahlini öylantirib turgan jiddiy masalalar qamrab olingan konstruktiv taklif va taşabbuslari e’tiborga loyiq. Masalan, ulardan ayrimlari sanab ötamiz:
— Keng mintaqamiz miqyosida Osiyo xotin-qizlar forumini doimiy platformaga aylantirib, muntazam ötkazib boriş;
— Boş Assambleyaning Markaziy Osiyo mamlakatlarining mintaqaviy şeriklik va iqtisodiy integratsiyani çuqurlaştirişga qaratilgan harakatlarini qöllab-quvvatlaşga doir rezolyutsiyasini qabul qiliş;
—BMTning Terrorizmga qarşi kuraş boşqarmasi bilan hamkorlikda Reabilitatsiya va qayta integratsiya masalalari böyiça tuzilgan Mintaqaviy Kengaşni Xalqaro kompetensiyalar markaziga aylantiriş va Terrorizmga qarşi kuraş boşqarmasining mintaqaviy ofisini Özbekistonda oçiş;
—Afğoniston orqali xalqaro transport va energetika koridorlarini rivojlantiriş böyiça BMTning alohida rezolyutsiyasini qabul qiliş;
—iqlim migratsiyasining kuçayib borişi masalasida keng xalqaro şeriklik va muvofiqlaştirilgan siyosat yuritiş böyiça Global pakt qabul qiliş;
—soğliqni saqlaş, ta’lim va madaniyat sohalarida sun’iy intellektning amaliy yeçimlari va modellarini beğaraz almaşişga qaratilgan Xalqaro hamkorlik mexanizmi yaratiş;
— “Jahon yoşlarining tinçlik sari harakati”ni ta’sis etiş va uning qarorgohini Özbekistonda joylaştiriş kabi taklif va taşabbuslar şular jumlasidandir.
Mamlakatimiz rahbari öz nutqida xalqaro vaziyatga baho berar ekan, Ğazo sektoridagi tobora keskin yomonlaşib borayotgan gumanitar inqirozni e’tibordan çetda qoldirib bölmasligi, bu yerda harbiy harakatlarni töxtatiş va siyosiy muzokaralarni davom ettirişga çaqirdi hamda Özbekiston BMT rezolyutsiyalariga muvofiq, “ikki xalq uçun – ikki davlat” tamoyilini amalga oşirişning qat’iy tarafdori ekanini bildirdi. Şuningdek, Ukraina atrofidagi vaziyatni ham diplomatik yöllar bilan hal etiş böyiça yuqori darajadagi muloqotlar boşlanganini olqişladi.
BMTning yuksak minbaridan turib bildirilgan uşbu taklif va taşabbuslar yaqin yillarda amaliyotda öz mevasini bera boşlaydi. Ularning amaldagi in’ikosi esa hozirgi kunda dunyoda kuçayayotgan qarama-qarşilik, nizo va uruşlarni, texnologik va ijtimoiy tengsizlikni, iqtisodiy va gumanitar inqirozlarni bartaraf etişga xizmat qiladi.
Zafar XUDOYBERDIYEV,
Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati