Andijonda O‘zLiDeP tashabbuslari qo‘llab-quvvatlandi
Andijon Mashinasozlik institutida "Erkin va farovon, qudratli Yangi O‘zbekistonni birgalikda quramiz!" shiori ostida saylovoldi targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Unda O‘zLiDeP Andijon viloyat Kengashi bo‘lim mudirlari Shuhratbek Bozorov, Odinaxon Turg‘unova, mahalliy Kengash deputatligiga nomzodlar, oliy ta’lim professor-o‘qituvchilari, talaba yoshlar va partiyamiz faollari ishtirok etdi.
Uchrashuvda partiyaning saylovoldi dasturidagi vazifalar haqida ma’lumot berildi.
Muhokamada ishtirok etgan faollar partiya tashabbuslarini, nomzodlarimizni qo‘llab-quvvatlashlarini ta’kidlashdi.