Asosiy kontentga o‘tish
Juma 30-oktyabr 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Virtual qabulxona
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Andijonlik kreativ tadbirkor yoshlarga O‘zLiDePning esdalik sovg‘alari topshirildi

30.10.2026
55

O‘zLiDePning “Xalq bilan birga” umummilliy dasturi doirasida yoshlarning tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Kreativ tadbirkor yoshlar” loyihasining Andijon viloyati bosqichi forumi tashkil etildi.

Baliqchi tumanidagi “AI HUB” sun’iy intellekt markazida O‘zLiDeP Andijon viloyat Kengashi tomonidan o‘tkazilgan forumda yoshlarning bilim va salohiyatini ro‘yobga chiqarish, ularning innovasion g‘oya va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash muhim vazifalardan biri ekani ta’kidlandi.

Forumda yoshlar o‘zlari yaratgan yangi ishlanmalar, innovasion mahsulotlar va kreativ loyihalarni namoyish etib, ularning amaliy ahamiyati hamda kelgusidagi rivojlanish istiqbollari haqida ma’lumot berdilar. Shuningdek, kreativ tadbirkorlikni rivojlantirish, sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalardan samarali foydalanish, istiqbolli tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash masalalari yuzasidan fikr almashildi. Ishtirokchilarning taqdimotlari yoshlarning g‘oyalarni amaliy natijaga aylantirishga bo‘lgan intilishini namoyon etdi.

Forum yakunida ishtirokchilarning tashabbuslari va namoyish etgan ishlanmalari e’tirof etildi. Forumning eng yaxshi ishtirokchilariga O‘zLiDePning diplom hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?