Asosiy kontentga o‘tish
Payshanba 26-mart 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Andijonlik tadbirkorlar litsenziya, sertifikat va eksportni yengillashtirishni taklif qildi

26.03.2026
79

Andijon viloyatida sanoat salohiyati va investisiya loyihalarini o‘rganish maqsadida O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi partiya fraksiyasi rahbari Aktam Xaitov boshchiligidagi ishchi guruh hududda bo‘lib, qator korxonalar faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Xususan, “Ipak yo‘li” erkin iqtisodiy sanoat zonasidagi korxonalar faoliyati bilan yaqindan tanishilib, ishlab chiqarish jarayonlari va yaratilayotgan ish o‘rinlari ko‘zdan kechirildi.

Ishchi guruh “HAINAN SHOULU” hamda “M PRINT” korxonalarida bo‘lib, ularning ishlab chiqarish quvvatlari, zamonaviy texnologiyalari va mahsulot turlari bilan tanishdi. Korxonalarda eksportbop va raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi.

Uchrashuvlar davomida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, sohadagi mavjud muammolar ham ko‘tarildi. Xususan, sertifikatlash, lisenziyalash, patent va logotip himoyasi, soliq hamda eksport jarayonlaridagi ayrim qiyinchiliklar tilga olindi.

Shu bilan birga, tadbirkorlar tomonidan ushbu muammolarni bartaraf etish yuzasidan takliflar bildirildi. Jumladan, tartib-taomillarni soddalashtirish, qonunchilikni takomillashtirish va ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash orqali sanoatni rivojlantirish muhimligi qayd etildi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?