“Bahmal Group”dagi O‘zLiDeP quyi bo‘g‘ini yetakchisi raislikka qayta saylandi
O‘zLiDeP Urganch shahar Kengashida 124 ta BPT faoliyat yuritib, ular 18 ming 663 ga yaqin a’zoni birlashtiradi. Shaharda quyi bo‘g‘inlarda hisobot-saylov yig‘ilishlari jonli muhokamalar bilan o‘tmoqda. Hozirgacha shahardagi 74 ta BPTda shunday yig‘ilishlar tashkil etilgan.
Yig‘ilishlarda hisobotlar tanqidiy-tahliliy ruhda muhokama qilinib, 2026 yil ish rejasiga jiddiy yondashilmoqda. Jumladan, Urganch shahridagi “Bahmal Group” MCHJdagi BPT yig‘ilishida partiya va mahalliy Kengash vakillari ishtirok etib, tashabbus va takliflar bildirildi. BPT a’zolari soni 45 nafardan 62 nafargacha ortib, partiyaning joylardagi ta’siri kengaymoqda.
Shuningdek, hududdagi “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” ga kiritilgan aholini qo‘llab-quvvatlash, ularni tadbirkorlikka jalb etish, ishga joylashtirish borasida BPT faollarining hissasi katta bo‘ldi. Hisobot davrida quyi bo‘g‘in a’zolari partiya Dasturi va Saylovoldi platformasida ilgari surilgan maqsad va vazifalarni targ‘ib qilishda, ularning ijrosini ta’minlashda ham faol ish olib bordilar.
Yig‘ilishda BPT yetakchisi Bahodir Xudayberganovning hisoboti qoniqarli deb baholandi va u raislikka qayta saylandi.