Biznesda qoğozbozlik yanada qisqartiriladi
Yana 10 turdagi litsenziya va ruxsatnomalar bekor qilinadi. Tadbirkor 5 ta xizmatni röyxatdan ötiş paytidayoq oladi va avval 1 hafta vaqt ketgan işlar endi 15 daqiqada bitadi. 32 toifadagi mahsulotlar uçun muvofiqlik sertifikati bekor qilinib, majburiy sertifikatlanadigan tovarlar röyxati 288 taga kamayadi.
Tadbirkorlar kunida tadbirkorlar bilan uçraşgan Prezidentimiz byurokratiyani qisqartirişga oid yangiliklarni ham e’lon qildi.
Sönggi yillarda aholi va tadbirkorlardan 120 turdagi hujjatlarni talab qiliş bekor qilindi, yana şunça litsenziya raqamlaşdi. Birgina ötgan yili 16 turdagi litsenziya va ruxsatnoma bekor qilingani natijasida tadbirkorlarning 350 milliard sömlik xarajatlari tejaldi.
Endi, 2026 yildan yana 10 turdagi litsenziya va ruxsatnomalar bekor qilinadi. Xususan, auditorlik taşkilotlari, turizm sohasidagi hunarmandlar, turistik axborot markazlari, transport texnik körigini amalga oşiradigan tadbirkorlar xabardor qiliş tartibiga ötkaziladi.
Hozirda litsenziya, ruxsatnoma va xabardor qiliş tartibi buzilganda, korxonaga ham, uning rahbariga ham jarima qöllanmoqda. Endi bunday holatlar uçun faqat korxona jarima tölaydi, mansabdor şaxsning javobgarligini esa boşqaruv organi mustaqil hal qiladi.
Bundan taşqari, 2026 yildan “Biznesni 15 daqiqada boşlaş” tamoyili asosida tadbirkorlik faoliyatini tölaqonli yölga qöyiş mumkin böladi.
Bunda, tadbirkorni röyxatdan ötkaziş jarayonining özida:
- elektron raqamli imzo beriladi;
- bankda hisobraqam oçiladi;
- xohişiga köra ijara şartnomasi rasmiylaştiriladi;
- kassa apparati soliq organida röyxatdan ötkaziladi;
- şu yönalişga mas’ul davlat organlariga xabarnoma jönatiladi.
Natijada bu jarayonlar uçun talab etiladigan muddat hozirgi 1 haftadan 15 daqiqaga qisqaradi.