Asosiy kontentga o‘tish
Dushanba 23-noyabr 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Virtual qabulxona
0
Virtual qabulxona
Xayriya qiliş

BMT Boş Assambleyasining 80-sessiyasi: tinçlik, taraqqiyot va inson huquqlari uçun

26.09.2025
1956

Joriy haftada dunyo mamlakatlarining e’tibori Nyu-York şahrida bölib ötayotgan BMT Boş Assambleyasining 80-yubiley sessiyasiga qaratildi. Bunda iştirok etgan BMT vakillari, davlat va hukumat rahbarlari dunyo va milliy darajadagi turli masalalar böyiça çiqiş qildilar. Davlatimiz rahbari Şavkat Mirziyoyev ham joriy yilning 23-sentabr kuni mazkur 80-yubiley sessiyasida nutq sözladilar. Bu muhim siyosiy voqelik bölib, davlatimizning xalqaro intiliş va pozitsiyasini namoyon etdi.

Mazkur nutq mazmuniga töxtalişdan oldin Özbekiston — BMT munosabatlariga biroz töxtalib ötiş joiz. Zero, sönggi sakkiz yildagi mamlakatimizda amalga oşirilgan tub demokratik islohotlar, yangilanişlar mamlakatimizning xalqaro imijini yanada yuksaltirdi. Köplab xorijiy davlatlar tomonidan Özbekistonning taraqqiyot tajribasiga yuksak baho berilmoqda hamda ekspertlar bizga havas bilan qaramoqdalar.

Sönggi yillarda Özbekiston taşqi siyosiy munosabatlarda, xususan, BMT faoliyatining barça sohalarida faol iştirok etmoqda hamda özining yangi-yangi taşabbuslari bilan taşkilot faoliyati rivojiga munosib hissa qöşmoqda.

Davlatimiz rahbari Birlaşgan Millatlar Taşkiloti Boş Assambleyasining 72, 75, 76 va 78-sessiyalarida, şuningdek, BMT Inson huquqlari böyiça kengaşi 46-sessiyasining Oliy darajadagi segmentida ma’ruza qildilar. Kuni keça «Birgalikda yaxşiroq: tinçlik, taraqqiyot va inson huquqlari uçun 80 yil va undan köproq» şiori ostida ötkazilgan 80-yubiley sessiyasidagi ma’ruza Özbekistonning mintaqa va global munosabatlardagi faol iştirokining yorqin namunasi böldi.

E’tiborlisi, 2018–2025-yillarda mamlakatimiz taşabbusi bilan BMT Boş Assambleyasining 13 ta rezolyutsiyasi qabul qilindi. Uşbu rezolyutsiyalar milliy va global darajada tinçlikni mustahkamlaş, inson huquqlarini işonçli muhofaza etiş, iqtisodiy, madaniy hamkorlikni rivojlantiriş, Markaziy Osiyoda barqaror taraqqiyotini ta’minlaşda muhim ahamiyatga ega bölmoqda.

Özbekiston hukumati va BMT örtasida 2021–2025-yillarga möljallangan BMT Barqaror rivojlaniş böyiça dastur amalga oşirilmoqda. Umuman olganda, bugungi kunda 160 ta qöşma dastur va loyiha muvaffaqiyatli amalga oşirilmoqda. Joriy yilda Taşkilotning asosiy tuzilmalari va institutlari, jumladan, BMT-Xabitat va YUNISEF rahbarlari Özbekistonga taşrif buyurdi, Toşkentda “BMT-Ayollar” tuzilmasining vakolatxonasi oçildi.

Davlat xizmati masalalari böyiça forum birgalikda ötkazildi. Samarqand şahrida YUNESKO Boş konferensiyasining 43-sessiyasiga qizğin tayyorgarlik körilmoqda. Mamlakatimiz Global barqaror rivojlaniş maqsadlari indeksi böyiça eng ilğor beşta davlat qatoriga kirdi. Barqaror rivojlaniş maqsadlariga erişiş nuqtayi nazaridan BMT bilan hamkorlik böyiça yangi beş yillik dastur imzolanişi kutilmoqda.

“Barqaror rivojlaniş yeçimlari tarmoği” xalqaro taşkiloti tomonidan 2025-yil uçun e’lon qilingan Barqaror rivojlaniş hisoboti reytingida Özbekiston öz körsatkiçini 19 poğonaga yaxşilab, 167 ta mamlakat orasida 62-örinni egalladi. Hisobotda qayd etilganidek, Özbekiston 2015-yildan buyon Markaziy Osiyo va Şarqiy Yevropa mintaqalarida Barqaror rivojlaniş maqsadlari böyiça eng tez sur’atlarda taraqqiyotga erişgan davlat sifatida e’tirof etilgan. Hisobotda mamlakatimizda Barqaror rivojlaniş maqsadlariga erişiş yölida amalga oşirilayotgan islohotlar yuqori baholandi.

Xususan, kambağallikni qisqartiriş, ta’lim va soğliqni saqlaş sifatini yaxşilaş, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlaş, gender tenglikka erişiş, ijtimoiy himoya mexanizmlarini kuçaytiriş, raqamli va yaşil iqtisodiyotni jadal rivojlantiriş, şuningdek, statistik ma’lumotlarning oçiqligini oşiriş sohalarida erişilgan yutuqlar alohida qayd etildi.

Zero, Özbekistonning Barqaror rivojlaniş maqsadlari sohasidagi yutuqlari Prezidentimiz tomonidan olib borilayotgan keng qamrovli institutsional va tarkibiy islohotlarning natijasidir.

Davlatimiz rahbari, avvalo, BMTning 80-yubiley sessiyasi dunyoda xalqaro institutlarning örni va roli zaiflaşayotgan, qarama-qarşilik, nizo va uruşlar keçayotgan, texnologik va ijtimoiy tengsizlik keskin oşayotgan, iqtisodiy va gumanitar inqirozlar ortib borayotgan şaroitda bölayotganligiga e’tibor qaratdilar. Zero, şu kabi muammolarni samarali hal etiş BMTning ustuvor maqsadlaridandir. Şu bois, sönggi yillarda uşbu taşkilot özining nufuzini, muammolarni hal qila oliş qobiliyatini saqlab qoliş böyiça faol harakat qilayotganligi qayd etildi.

Bunday taşabbuslardan biri “BMT – 80” taşabbuslari bölib, bu orqali BMTning tuzilişi, vazifalari, taşkilotning faoliyat samaradorligini oşiriş, mandatlarni qayta körib çiqiş, qaror qabul qiliş imkoniyatlarini yaxşilaş kabilar ilgari surilmoqda. Davlatimiz rahbari uşbu taşabbuslarni töliq qöllab-quvvatlaymiz, deb ta’kidladilar.

Uşbu ma’ruzada bir neçta yönalişlardagi bildirilgan fikr va taşabbuslar mamlakatimizni yanada rivojlantiriş, mintaqaviy va global muammolarni hamkorlikda hal etiş, xalqlar örtasida döstlik va hamjihatlik muhitini rivojlantirişga qaratilgandir. Şu bois, uni quyidagi yönalişlarda körib çiqamiz:

Birinçidan, ma’ruzada mamlakatimizdagi islohotlar natijasida erişilgan muhim körsatkiçlar qayd etildi. Bular qatorida kambağallik darajasini 35 foizdan 6,6 foizgaça qisqartirişga erişilganligi, ta’lim va ilm-fan sohasidagi özgarişlar, “yaşil” energetika va transport infratuzilmasini modernizatsiya qiliş, kiçik biznesni har tomonlama rivojlantiriş kabilar qayd etildi. Şu örinda, 2030-yilga borib “daromadi örtadan yuqori” bölgan mamlakatlar qatoriga kiritiş böyiça qilinayotgan islohotlar urğulandi.

Bundan taşqari, inson kapitalini rivojlantiriş böyiça qölga kiritilgan natijalar e’tirof etildi. Şunga muvofiq, mamlakatimizda maktabgaça ta’lim qamrovi 27 foizdan 78 foizga, yoşlarimizning oliy ta’lim bilan qamrovi esa 9 foizdan 42 foizga yetganligi haqida ma’lum qilindi.

Gender siyosatining izçil davom ettirilişi bayon etildi. Şu ma’noda, mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayoti va tadbirkorlik sohasida xotin-qizlarning rolini bundan buyon ham mustahkamlaş yölida sobitqadam ekanligi ta’kidlandi.

Ikkinçidan, Özbekistonning qöşni davlatlar bilan sa’y-harakatlari natijasida Markaziy Osiyoda vujudga kelgan tinçlik, yaxşi qöşniçilik muhiti alohida qayd etildi. Darhaqiqat, bugun Markaziy Osiyo davlatlari örtasidagi döstona hamkorlik aloqalari işonçli rivojlanmoqda. Mamlakatlarning özaro manfaatli aloqalari yuqori darajada rivoj topmoqda.

Mintaqada özaro savdo, investitsiyalar va transport taşuvlari hajmi beş barobargaça köpaydi. Qöşma investitsiya jamğarmalari, çegara hududlarida savdo va sanoat zonalari taşkil qilinmoqda, yirik infratuzilma loyihalari amalga oşirilmoqda.

Misol tariqasida aytiş mumkinki, Markaziy Osiyo keyingi yillarda iqtisodiy ösiş va faol investitsiya markazlaridan biri sifatida jadal rivojlanmoqda. Jumladan, oxirgi 7 yilda mintaqa iqtisodiyoti 6,3 foiz ösib, 450 milliard dollarga yaqinlaşdi. Taşqi savdo aylanmasi ikki barobar köpayib, qariyb 225 milliard dollarni taşkil etdi.

Markaziy Osiyo davlat rahbarlari Maslahat uçraşuvlari mintaqaviy integratsiyani çuqurlaştiriş yölida samarali mexanizmga aylangani ham umumiy yutuğimiz sifatida e’tirof etildi. Mintaqa özining hamjihatligi, barqarorligi, öziga xosligi bilan xalqaro munosabatlar tizimida alohida subyekt sifatida tobora mustahkam örin egallayotganligi qayd etildi.

Mazkur uçraşuvlarda davlatimiz nomidan bildirilgan, mintaqaning barça xalqlari manfaatiga xizmat qiluvçi qator amaliy takliflar samarasi ölaroq, tovarlarni yetkazib berişning yagona va soddalaştirilgan tartib-qoidasiga ega çegara savdo zonalari tizimi yaratilmoqda. Bundan taşqari madaniyat, san’at va kino festivallarini navbatma-navbat ötkaziş an’anasi ham yölga qöyilgan.

Uçinçidan, ma’ruzada global va mintaqaviy hamkorlik, xavfsizlikni ta’minlaş, ekologik muammolarning yeçimiga erişiş böyiça ham söz yuritildi. Darhaqiqat, Özbekiston dunyoning bir qismi, bizning taqdirimiz jahon hamjamiyati bilan bevosita boğlangan. Şu bois, dunyoda röy berayotgan muammolarni e’tibordan çetda qoldirib bölmaydi.

Davlatimiz rahbari nutqlarida Afğon xalqining tinç va osuda hayotga bölgan huquqini himoya qiliş masalasiga e’tibor qaratdilar. Şuningdek, Afğoniston orqali xalqaro transport va energetika koridorlarini rivojlantiriş masalasi alohida örğulandi. Zero, rivojlangan transport tizimi mintaqa iqtisodiyotini rivojlantirişda muhim öringa ega.

Bundan taşqari, Ğazo sektoridagi tobora keskin yomonlaşib borayotgan gumanitar inqiroz hamda Ukraina atrofidagi vaziyatni tinç yöl bilan hal qiliş böyiça mamlakatimizning pozitsiyasi bildirildi.

Ma’ruzada terrorizmga qarşi kuraş, “Barqaror rivojlaniş maqsadlari uçun özaro transport boğliqligini mustahkamlaş” global mexanizmini joriy etiş, Orolböyi ekotizimini qayta tiklaş, suv resurslarining taqçilligi kabi masalalariga töxtab ötildi.

Törtinçidan, ma’ruzadagi muhim jihatlardan milliy va mintaqaviy ahamiyatga ega muhim taşabbuslar bildirilganligi böldi. Ya’ni, ma’ruzada quyidagi dolzarb takliflarni ilgari surildi:

pedagoglarning özaro tajriba va bilim almaşişi uçun yagona xalqaro platformani yaratiş maqsadida Özbekistonda Butunjahon professional ta’lim sammitini ötkaziş;

Boş Assambleyaning Markaziy Osiyo mamlakatlarining mintaqaviy şeriklik va iqtisodiy integratsiyani çuqurlaştirişga qaratilgan harakatlarini qöllab-quvvatlaşga doir rezolyutsiyasini qabul qiliş;

Afğoniston orqali xalqaro transport va energetika koridorlarini rivojlantiriş böyiça Taşkilotimizning alohida rezolyutsiyasini qabul qiliş;

BMTning Terrorizmga qarşi kuraş boşqarmasi bilan hamkorlikda Reabilitatsiya va qayta integratsiya masalalari böyiça tuzilgan Mintaqaviy Kengaşni Xalqaro kompetensiyalar markaziga aylantiriş;

Terrorizmga qarşi kuraş boşqarmasining mintaqaviy ofisini Özbekistonda oçiş;

“Barqaror rivojlaniş maqsadlari uçun özaro transport boğliqligini mustahkamlaş” global mexanizmini joriy etiş;

iqlim migratsiyasi masalasida keng xalqaro şeriklik va muvofiqlaştirilgan siyosat yuritiş böyiça Global pakt qabul qiliş;

soğliqni saqlaş, ta’lim va madaniyat sohalarida sun’iy intellektning amaliy yeçimlari va modellarini beğaraz almaşişga qaratilgan Xalqaro hamkorlik mexanizmi yaratiş;

“Jahon yoşlarining tinçlik sari harakati”ni ta’sis etiş va uning qarorgohini Özbekistonda joylaştiriş.

E’tiborga molik jihatlardan yana biri, davlatimiz rahbarining bu galgi ma’ruzasi ham özbek tilida aytilgani har bir vatandoşimizning qalbini ğurur va iftixorga töldirdi. Zero, eng baland jahon minbarida özbek tilidagi çiqişni eşitiş har bir fuqaromizga quvonç baxş etadi.

Bundan taşqari, mamlakatimizda islom ma’rifati ğoyalarini çuqur örganiş va dunyoga tarğib etiş böyiça sa’y-harakatlarimizni faol davom ettiramiz, deb ta’kidlandi. Şu borada, yaqin oylarda mintaqamiz uçun noyob bölgan Islom sivilizatsiyasi markazi oçilişi aytib ötildi.

Binobarin, Islom sivilizatsiyasi markazi timsolida yurtimizdagi islom madaniyati bilan boğliq bir neça ming yillik qadimiy ötmiş bir joyda mujassam bölmoqda. Öylaymizki, uşbu Markaz bilan tanişgan har bir inson ana şu tarixni yaqqol körib, islom dini, bu avvalo, tinçlik, taraqqiyot va bağrikenglik dini ekanini, özbek xalqining dunyo tamadduniga qöşgan buyuk hissasini çuqur anglaş imkoniyatiga ega böladi.

Yana bir muhim jihat, buyuk ajdodlarimiz – mutafakkir allomalar Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiyning boy ma’naviy va ilmiy merosining alohida taqdimotini Birlaşgan Millatlar Taşkilotida ötkaziş böyiça taşabbus bildirildi. Uşbu taşabbus ham muhim ahamiyatga ega. Çunki, uşbu uluğ bobokalonlarimizning boy ma’naviy merosi orqali bugun biz birgalikda zamonaviy tahdidlarga munosib ilmiy javoblar topiş, jaholatga qarşi ma’rifat bilan kuraşiş yölidan boramiz.

Xulosa qilib aytganda, davlatimiz rahbarining BMT Boş Assambleyasining yuksak minbaridan turib aytgan sözlari milliy va umuminsoniy ğoyalar tarğibotiga bağişlandi. Şuningdek, unda xalqimizning orzu va intilişlari, azaliy qadriyatlari aks ettirildi. Yana bir muhim jihati, ma’ruza dunyoda röy berayotgan nizo va qarama-qarşiliklarni hamjihatlik va özaro hurmat asosida hal etişga oid dadil çaqiriq böldi.

Qayd etiş zarurki, Davlatimiz rahbarining taşabbuslari dunyo hamjamiyati tomonidan ijobiy baholanmoqda. Şu bilan birga, kelajakda uşbu yönalişdagi işlar izçil davom ettiriladi. Mazkur bildirilgan ğoyalar milliy va global darajada tinçlik va döstona muloqot muhitini rivojlantirişga, insoniyat oldida turgan global va minaqaviy muammolarga oqilona yeçim topişga muhim hissa bölib qöşilajak.

Xuşvaqt HAYITOV,

Oliy Majlis Qonunçilik palatasi

Xalqaro işlar, mudofaa va xavfsizlik masalalari

qömitasi a’zosi

Saytni yangi dizayni yoqdimi?