Asosiy kontentga o‘tish
Chorshanba 09-sentyabr 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Virtual qabulxona
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Tadbirkorlardan bolajonlarga — maktab o‘quv qurollari va sovg‘alar taqdim etildi

09.09.2026
75

O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining “Xalq bilan birga” umummilliy dasturi, “Tadbirkorlardan bolajonlarga” aksiyasi doirasida Navoiy viloyati Karmana tumanida navbatdagi tadbir o‘tkazildi.

O'zLiDeP Navoiy viloyati Kengashi tashabbusi bilan tashkil etilgan tadbirda “O‘zbekiston” MFY, “Bahor” ko‘chasida istiqomat qilayotgan Feruza Razzoqova xonadonida tarbiyalanayotgan 5 nafar bolajonga maktab o‘quv qurollari, kanselyariya buyumlari va turli sovg‘alar topshirildi. Shuningdek, tarbiyalanayotgan bolalar orasida I guruh nogironi bo‘lgan bolaning borligi ham inobatga olinib, uning ta’lim olishi va bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishi uchun barcha zarur sharoitlar yaratildi.

Ta’kidlash kerak, partiyaning “Tadbirkorlardan bolajonlarga” aksiyasi bolalarga zarur ko‘mak ko‘rsatish hamda ularning ta’lim olishi va munosib sharoitda ulg‘ayishiga xizmat qilmoqda.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?