Asosiy kontentga o‘tish
Chorshanba 14-oktyabr 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Virtual qabulxona
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Bolalar salomatligi — ustuvor vazifa

14.10.2026
39

O‘zLiDePning “Xalq bilan birga” umummilliy dasturi doirasida Xorazm viloyatining Urganch shahrida partiya “Ayollar qanoti” tashabbusi bilan “Salomatlik sari” aksiyasi o‘tkazildi.

“Fastfud va energetik ichimliklarsiz — bolalar sog‘lom taomnomasi” deb nomlangan aksiyada xalq deputatlari viloyat va shahar Kengashlari deputatlari, shifokorlar, tadbirkorlar, sanitariya-epidemiologiya xizmati vakillari hamda partiya faollari ishtirok etdi.

Tadbirda mutaxassislar to‘g‘ri ovqatlanish bolalarning jismoniy va aqliy rivojlanishi, immuniteti hamda umumiy salomatligida muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladilar. Tarkibida ortiqcha miqdorda tuz, shakar va yog‘ bo‘lgan mahsulotlarni muntazam iste’mol qilishning oqibatlari, energetik ichimliklarning bolalar organizmiga ehtimoliy salbiy ta’siri yuzasidan tushuntirishlar berildi. Shuningdek, bolalar taomnomasida sabzavot va mevalar, sut mahsulotlari hamda oqsilga boy oziq-ovqatlar ulushini oshirish, ota-onalarning farzandlari ovqatlanishiga mas’uliyat bilan yondashishi zarurligi qayd etildi. Ishtirokchilar sog‘lom avlodni tarbiyalashda oila, ta’lim muassasalari, tibbiyot xodimlari, tadbirkorlar va jamoatchilik hamkorligini kuchaytirish muhimligini alohida ta’kidladilar.

Muloqot davomida sog‘lom ovqatlanishni targ‘ib qiluvchi maqola va videoroliklarni ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritish, mahallalarda tushuntirish ishlarini olib borish, o‘quvchilar o‘rtasida sog‘lom taomnoma tanlovlari va amaliy mashg‘ulotlar tashkil etish takliflari ilgari surildi. Jumladan, “Sog‘lom nonushta”, “Foydali taom — salomatlik garovi” va “Fastfudsiz bir kun” kabi tashabbuslarni amalga oshirish, shuningdek, energetik ichimliklarning bolalarga sotilishi bo‘yicha qonunchilik talablariga rioya etilishini nazorat qilish masalalariga e’tibor qaratildi. Tadbir yakunida bolalar salomatligini asrash, zararli mahsulotlar iste’molining oldini olish va yoshlikdan sog‘lom ovqatlanish odatlarini shakllantirish borasida hamkorlikni izchil davom ettirish zarurligi ta’kidlandi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?