Bolalar xavfsizligi qonun bilan yanada kuçli himoyalanadi
Bugun O‘zLiDeP fraksiyasi yiğilişida bolalarni zöravonlikning barça şakllaridan himoya qilişga qaratilgan qonun loyihasini muhokama qildik. Menimça, bu hujjatning ahamiyati şundaki, u bolani nafaqat zöravonlikdan keyin himoya qiliş, balki bunday holatlarning oldini oliş va aybdorlarning javobgarligini kuçaytirişga qaratilgan.
Loyihada bolalarga nisbatan oğir jinsiy jinoyatlar uçun jazoni kuçaytiriş, ayrim holatlarda umrbod ozodlikdan mahrum qiliş jazosini qöllaş, bunday jinoyatlar böyiça muddat ötgani sababli javobgarlikdan ozod bölişga yöl qöymaslik kabi muhim normalar belgilanmoqda. Bu — bola hayoti, şa’ni va daxlsizligi qonun bilan yanada qat’iy himoyalanişini anglatadi.
Yana bir muhim jihat — jabrlangan bolaning öziga yondaşuv. Söroq jarayonini videoyozuvga qayd etiş, maxsus tartiblarni qöllaş, vasiylik va homiylik organi vakili iştirokini ta’minlaş hamda davlat hisobidan yuridik yordam körsatiş taklif etilmoqda. Ya’ni bola jinoyat işida yana bir bor ruhiy bosimga duç kelmasligi uçun qöşimça kafolatlar yaratiladi.
Şu bilan birga, bolani himoya qilişi kerak bölgan mas’ullar ham öz vazifasiga befarq qaramasligi kerak. Şu sababli bolalarga ğamxörlik körsatmaslik, tegişli qarorlarni bajarmaslik kabi holatlar uçun ham javobgarlik belgilanmoqda. Bu yondaşuv bolalar xavfsizligi uçun mas’uliyatni yanada oşiradi.
Uşbu qonun loyihasini bolalarning hayoti, soğliği, şa’ni va qadr-qimmatini himoya qiliş nuqtai nazaridan muhim, deb hisoblayman. Fraksiya yiğilişida bildirilgan taklif va mulohazalar ham inobatga olinib, qonun loyihasi yanada takomillaştirilişi muhim. Zero, har bir bola xavfsiz muhitda yaşaşi va himoyalanganini his qilişi kerak.
Aktam Xaitov,
Oliy Majlis Qonunçilik palatasidagi
O‘zLiDeP fraksiyasi rahbari