Boş Qomusimiz – tadbirkorlikni qöllab-quvvatlaşning mustahkam huquqiy poydevoridir
Oliy Majlis Qonunçilik palatasidagi Özbekiston Liberal-demokratik partiyasi fraksiyasi tomonidan Boş qomusimizning 33 yilligi munosabati bilan “Konstitutsiya – farovon kelajak yölidagi işonçli himoya” mavzusida davra suhbati ötkazildi. Tadbirda fraksiya a’zolari, qonunçilik sohasidagi ekspertlar, partiyaning joylardagi vakillari hamda ommaviy axborot vositalari iştirok etdi.
Tadbir avvalida ta’kidlanganidek, mamlakatimizda amalga oşirilayotgan keng qamrovli islohotlarning markazida, eng avvalo, inson manfaatlari, uning huquq va erkinliklari turadi. Yangi tahrirdagi Konstitutsiya jamiyatning barça sohalarida modernizatsiya jarayonlariga huquqiy asos yaratib, ayniqsa tadbirkorlik, fermerlik va xususiy sektor rivoji uçun muhim kafolatlar belgilab berdi. Davra suhbatida bu normalarning mazmun-mohiyati atrofliça tahlil etildi.
Fraksiya a’zolari öz ma’ruzalarida Konstitutsiyaning 67-moddasi — “iqtisodiy makon birligi, tovarlar, xizmatlar, mehnat resurslari va moliyaviy mablağlarning erkin harakatlanişi kafolatlanadi” degan yangi norma tadbirkorlar manfaatidagi eng muhim huquqiy kafolatlardan biri ekanini alohida qayd etişdi. Bu norma respublika böylab yagona, oçiq va tösiqlarsiz iqtisodiy makonni şakllantirişi, mahalliy hokimliklar yoki alohida idoralar tomonidan asossiz çeklovlar qöyilişiga qat’iy barham berişini ta’kidlaşdi.
Tadbirda söz olgan deputatlar fikriga köra, uşbu norma amaliy hayotda tadbirkor va fermerlar uçun mahsulot, xomaşyo va xizmatlarni butun respublika böylab erkin harakatlantiriş imkonini yaratadi. Moliyaviy mablağlarning hududlar böylab erkin aylanişi esa investitsiya muhitini yaxşilab, yangi loyihalarni amalga oşirişga kuçli turtki berişi ta’kidlandi.
Şu bilan birga, fraksiya a’zolari yangi tahrirdagi Konstitutsiyada xususiy mulk daxlsizligiga oid normalarning yanada mustahkamlangani, mulkiy huquqlarni çeklaş faqat sud qarori orqali amalga oşirilişi biznes uçun muhim huquqiy kafolat ekanini ta’kidlab ötişdi. Davlat va mahalliy hokimiyat organlarining tadbirkorlik faoliyatiga asossiz aralaşuviga yöl qöyilmasligi, har bir mulkdor öz huquqlarining mustahkam himoya qilinganiga işonçi ortişi — bozor iqtisodiyotini çuqurroq rivojlantirişga xizmat qilişi qayd etildi.
Tadbir davomida deputatlar “Inson — jamiyat — davlat” va “Yangi Özbekiston — ijtimoiy davlat” tamoyillarining Boş Qomusimizda mustahkamlangani xususiy sektor vakillari uçun yanada oçiq, barqaror va şaffof iqtisodiy muhitni ta’minlaşga xizmat qilayotganini ta’kidlab ötişdi. Inson qadrini yuksaltiriş, aholi bandligini ta’minlaş, tadbirkorlik taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş mamlakat taraqqiyotining ustuvor yönalişi ekanini qayd etdilar. Konstitutsiyadagi normalar va ularning amaliyotga tatbiq etilişi O‘zLiDeP elektorati — tadbirkorlar, fermerlar, işbilarmonlar manfaatlariga töla mos keladi. Huquqiy kafolatlar kuçayişi, biznes muhitining yaxşilanişi, yangi imkoniyatlar oçilişi xususiy sektorni iqtisodiyotimizning yetakçi kuçiga aylanib borayotgani ta’kidlaşdi.
Davra suhbati yakunida yangilangan Boş qomusimizda belgilangan normalarning töliq va samarali ijro etilişi, ularning joylardagi tadbirkorlik muhitiga ta’sirini muntazam örganib boriş, fraksiyaning qonun taşabbuslari orqali xususiy sektor manfaatlarini qöllab-quvvatlaş borasidagi vazifalar belgilab olindi.