Boş qomusimiz — Yangi Özbekistonning huquqiy poydevori
Alfraganus universitetida Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kunga bağişlab tadbir bölib ötdi. Unda O‘zLiDeP fraksiyasi a’zolari, partiyaning Siyosiy Kengaş Ijroiya qömitasi hamda Toşkent şahar Kengaşi xodimlari, professor-öqituvçilar va talabalar iştirok etdilar.
Tadbirda Konstitutsiyaning yangi tahriri mamlakatimizda inson qadrini yuksaltiriş, qonun ustuvorligi va huquqiy demokratik davlat barpo etişda qanday muhim ahamiyat kasb etayotgani haqida fikrlar bildirildi. Prezidentimiz ta’kidlaganidek, yangi Konstitutsiya xalqimizning yuksak intilişlari, orzu-umidlari va demokratik qadriyatlarining huquqiy ifodasidir.
Yiğilişda asosiy qomusimizda belgilab berilgan muhim yangiliklar — xususiy mulkning daxlsizligi, inson huquqlarining kafolatlari, adolatli ijtimoiy siyosat, jamiyatning islohotlar taşabbuskori sifatidagi örni, yoşlar va oila siyosatiga oid normalar alohida ta’kidlab ötildi.
Ötkazilgan tadbir yoşlar va jamoatçilikda Konstitutsiyamizga hurmat, huquqiy ong va madaniyatni yanada oşirişga xizmat qildi. Yangi tahrirdagi Konstitutsiya esa Yangi Özbekiston taraqqiyotining mustahkam huquqiy zamini bölib xizmat qilmoqda.