Buxoroda faol tadbirkor ayollar e’tirof etildi
Buxoro şahrida ÖzLiDePning «Xalq bilan birga» umummilliy loyihasi doirasida «Işbilarmon ayol–2026» körik-tanlovining şahar bosqiçi ötkazildi. Tanlovdan közlangan asosiy maqsad – tadbirkor ayollarni qöllab-quvvatlaş, ularning taşabbuslarini rağbatlantiriş hamda xotin-qizlarning iqtisodiy faolligini yanada oşirişdan iborat.
Tadbirda iştirokçilarning biznes loyihalari, mehnat faoliyati va erişgan yutuqlari baholandi. Yakuniy natijalarga köra, xususiy tibbiyot muassasasi rahbari Nigina Hikmatova 1-örinni, «Omad baxt quvonç» MÇJ rahbari Hilola Halimova 2-örinni, kulolçilik va rassomçilik yönalişida faoliyat yuritayotgan Şahlo Akramova esa 3-örinni qölga kiritdi.
Şuningdek, bir qator iştirokçilar turli nominatsiyalar böyiça taqdirlandi. Tanlov ğolib va sovrindorlariga ÖzLiDeP Buxoro şahar Kengaşi hamda hamkor taşkilotlar tomonidan diplom va esdalik sovğalari topşirildi. Bu kabi loyihalar xotin-qizlarning tadbirkorlik salohiyatini röyobga çiqariş va ularni yangi yutuqlarga ilhomlantirişga xizmat qilmoqda.