Buxorolik deputatlar investitsiyalarni yanada köpaytiriş böyiça taşabbus bildirdi
Buxoro davlat universitetida O‘zLiDeP viloyat Kengaşi hamda xalq deputatlari viloyat Kengaşidagi partiya deputatlik guruhining qöşma yiğilişi bölib ötdi. Yiğilişda partiya aʼzolari, mahalliy Kengaş deputatlari, tadbirkorlar iştirok etdilar. Tadbirda sözga çiqqanlar mamlakatimizda tadbirkorlikni qöllab-quvvatlaş, biznes muhitini yaxşilaş va yangi iş örinlarini yaratiş böyiça amalga oşirilayotgan keng kölamli islohotlar haqida söz yuritdilar.
Davlatimiz rahbarining tadbirkorlar bilan oçiq muloqotida bildirilgan taşabbuslar, jumladan, ortiqça byurokratik talablarni qisqartiriş, litsenziyalaş tartibini soddalaştiriş, imtiyozli kreditlar ajratiş va soliq stavkalarini pasaytiriş kabi çoralar tadbirkorlar faoliyatini yanada rağbatlantirayotgani taʼkidlandi. Bu imkoniyatlar tufayli köplab mikrokorxonalar faoliyatini kengaytirib, örta va yirik biznes subʼekti sifatida şakllanmoqda.
Yiğilişda investitsiya va eksport masalalariga ham alohida eʼtibor qaratildi. Viloyatda joriy yilning dastlabki 8 oyida 191 million dollarlik mahsulot eksporti amalga oşirilib, 107 foiz ösişga erişildi. Şu bilan birga, xorijiy sarmoyalarni jalb etiş böyiça 1 milliard dollardan ortiq investitsiya özlaştirildi. Qiymati 34,4 trln sömlik 522 ta yangi loyihani amalga oşiriş hisobiga 15 mingta yangi iş örni yaratiş rejalaştirilgani ham iqtisodiy salohiyatning ortib borayotganidan dalolat beradi.
Yiğiliş yakunida eksportni diversifikatsiya qiliş, raqobatbardoş mahsulot işlab çiqariş, raqamli texnologiyalarni joriy etiş va malakali kadrlar tayyorlaş kabi ustuvor vazifalar belgilab olindi. Tadbirda bildirilgan taklif va tavsiyalar Buxoro viloyatida tadbirkorlik muhitini yanada rivojlantiriş, xorijiy va mahalliy investorlar uçun qulay şaroit yaratişga xizmat qilişi taʼkidlandi.