Asosiy kontentga o‘tish
Seshanba 22-sentyabr 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Virtual qabulxona
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Buxoroda tozalik, ekologik barqarorlik va yoshlar bandligi masalalari muhokama qilindi

22.09.2026
26

Xalq deputatlari Buxoro shahar Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda shaharda sanitar tozalash xizmatlarini tashkil etish, chiqindilarni boshqarish tizimi hamda yoshlarga oid davlat siyosati doirasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.
Yig‘ilishda deputatlik guruhi a’zolari, partiya shahar Kengashi mas’ullari va tegishli tashkilot rahbarlari ishtirok etdi. Qayd etilganidek, ayni paytda shaharning 65 ta mahallasi aholisi chiqindilarni olib chiqib ketish xizmati bilan qamrab olingan bo‘lib, 40 ta maxsus texnika, 78 ta chiqindi tashlash shoxobchasi va 466 ta konteynerdan foydalanilmoqda. 2026 yil birinchi yarim yilligi yakuniga ko‘ra, maishiy chiqindilarni qayta ishlash darajasi 39 foizni tashkil etgan.
Yig‘ilishda chiqindilardan energiya olish bo‘yicha Buxoro viloyatida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan loyiha, uning ekologik ahamiyati va yangi ish o‘rinlari yaratish imkoniyatlari ham muhokama qilindi.
Muhokamalar davomida deputatlar Jonibek Matniyozov, Shahnoza Ahrorova, Malika Ishxodjayeva, Nargiza Dilova, partiya faoli Mamlakat Sodiqova va boshqalar shaharda tozalik va obodlikni ta’minlash, ekologik barqarorlikni mustahkamlash, chiqindilarni qayta ishlash samaradorligini oshirish hamda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi. Yig‘ilish yakunida muhokama qilingan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinib, belgilangan vazifalar ijrosi nazoratga olindi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?