Buxorolik talaba-yoşlar ÖzLiDeP va uning nomzodlari uçun ovoz beradi
Buxoro tabiiy resurslarni boşqariş institutida ÖzLiDePdan Oliy Majlis Qonunçilik palatasi va mahalliy Kengaşlar deputatligiga körsatilgan nomzodlarning uşbu oliy öquv yurti talaba- yoşlari bilan uçraşuvi ötkazildi.
Tadbirda Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputatligiga nomzod Şuhrat Bafoyev hamda Madina Baratova ÖzLiDeP bu yilgi saylovlarga “Va’da emas natija, ertaga emas bugun” ezgu şiori ostida “5 maqsad-500 vazifani” öz içiga qamrab olgan saylovoldi dasturi bilan qizğin tayyorgarlik körayotganligini ta’kidladilar.
Uçraşuvda ta’kidlanganidek, yoşlarni xorijiy tillarga öqitiş, ijtimoiy qöllab-quvvatlaş hamda IT sohasi va sportga keng jalb etiş borasida puxta işlangan rejalarini amalga oşiriş, xususan, işsiz yoşlarni zamonaviy kasblarga öqitiş tizimini tubdan qayta körib çiqiş singari dolzarb masalalarga alohida ta’kidlandi.
Uçraşuvda iştirok etgan talaba-yoşlar saylovoldi dasturida körsatib ötilgan imkoniyatlar haqida töliq ma’lumotlarga ega böldilar.