Davlat mulkini xususiylaştiriş sohasi takomillaştirilmoqda
Oliy Majlis Qonunçilik palatasidagi ÖzLiDeP fraksiyasining navbatdagi yiğilişi bölib ötdi. Unda dastlab Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyevning 19-21-may kunlari Vengriyaga rasmiy taşrifining ahamiyati keng muhokama qilindi.
Ta’kidlanganidek, Özbekiston va Vengriya örtasidagi diplomatik munosabatlar 1992-yil 14-martda örnatilgan. Şundan buyon ikki davlat oçiq muloqot va özaro manfaatli hamkorlik qilib kelmoqda. Davlat rahbarlarining sa’y-harakati bilan ikki mamlakat örtasidagi munosabatlar sönggi yillarda mutlaqo yangi bosqiçga kötarildi.
Fraksiya a’zolari uşbu taşrifning ahamiyati haqida töxtalar ekan, uşbu taşrif barça sohadagi ikki tomonlama munosabatlarda yangi sahifa oçişini, öz navbatida, ikki davlat örtasidagi döstona va manfaatli aloqalarni yanada mustahkamlaşga xizmat qilişini qayd etdilar.
Sönggi yillarda ikki mamlakat parlamentlari delegatsiyalarining özaro taşrifi va uçraşuvlari faollaşgani, taşrif doirasida Vengriya Milliy majlisi spikeri Laslo Kyover bilan bölib ötgan uçraşuv Özbekiston — Vengriya strategik şeriklik munosabatlari, jumladan, parlamentlararo hamkorlik aloqalarini yanada kengaytiriş va mazmunan boyitişga zamin yaratişi urğulandi.
Muhokamalarda taşrif yakunlaridan kelib çiqib, ÖzLiDeP va uning parlamentdagi fraksiyasi oldida turgan ustuvor vazifalar belgilab olindi.
Yiğilişda “Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga muvofiqlikni baholaş organlarining mas’uliyatini yanada oşiriş hamda mahsulotlarni öz ixtiyori bilan çaqirib olgan tadbirkorlarga yengillik berişga qaratilgan özgartiriş va qöşimçalar kiritiş töğrisida” gi qonun loyihasi muhokamalar markazida böldi.
Keyingi yillarda muvofiqlikni baholaş jarayonlariga zamonaviy usullarni joriy etiş böyiça keng kölamli işlar amalga oşirilmoqda. Mazkur sohada iste’molçilarning hayoti va soğliğini muhofaza qilişga qaratilgan talablar kuçaytirildi. Şu bilan birga, muvofiqlikni baholovçi organlar tomonidan sohada qoidabuzarliklarning ortib borayotganligi muvofiqlikni baholaş qoidalarini buzganlik uçun ta’sir çoralari kuçaytiriş zaruratini körsatmoqda.
Uşbu qonun loyihasi bilan Fuqarolik kodeksi hamda “Iste’molçilarning huquqlarini himoya qiliş töğrisida”gi, “Standartlaştiriş töğrisida”gi va “Texnik jihatdan tartibga soliş töğrisida”gi qonunlarga muvofiqlikni baholaş organlari mas’uliyatini oşiriş hamda tadbirkorlik subyektlarini tegişli talablarga nomuvofiq bölgan mahsulotlarni öz ixtiyori bilan savdodan çaqirib olişni rağbatlantirişga qaratilgan özgartirişlar va qöşimçalar kiritilmoqda.
Fraksiya a’zolari qonun loyihasining mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida alohida töxtalib, unda nazarda tutilayotgan ayrim normalar böyiça qonun taşabbuskorlariga aniqlaştiruvçi savollar berişdi. Munozaralar va uzoq davom etgan savol-javoblardan söng, qonun loyihasi deputatlar tomonidan qöllab-quvvatlandi.
Yiğilişda “Davlat mulkini xususiylaştiriş sohasi takomillaştirilişi munosabati bilan Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi qonun loyihasining muhokamasi ham qizğin keçdi.
U bilan Özbekiston Respublikasining 13 ta qonuni hamda Yer kodeksi va Soliq kodeksiga davlat aktivlarini xususiylaştiriş va ijaraga berişni soddalaştiriş, sohada tadbirkorlarga qulay şaroitlar yaratişga qaratilgan özgartiriş va qöşimçalar kiritilmoqda.
Mazkur hujjat davlat mulkini xususiylaştiriş sohasini takomillaştiriş, sohadagi vakolatli organlarining vakolatlarini belgilaş va davlat aktivlari va yer uçastkalarini xususiylaştiriş hamda ijaraga beriş orqali xususiy mulkçilikni kengaytirişga xizmat qiladi.
Fraksiya yiğilişida kun tartibiga kiritilgan boşqa masalalar ham körib çiqildi.