Asosiy kontentga o‘tish
Seshanba 26-may 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Davlatimiz rahbari O‘zLiDeP deputatining innovatsion ishlanmasini qo‘llab-quvvatladi

26.05.2026
34

Davlatimiz rahbari O‘zLiDePdan Xalq deputatlari Yangiqo‘rg‘on tuman Kengashiga saylangan deputat, Toshkent davlat transport universiteti magistranti va Yoshlar akademiyasi a’zosi Oyshaxon Qodirovaning qishloq xo‘jaligi sohasiga oid innovatsion loyihasi bilan tanishdi.

“Kelajak uchun” istiqbolli tashabbuslar forumi doirasida taqdim etilgan “Ko‘chatlarni bionik ekish” deb nomlangan mazkur innovasion ishlanma qishloq xo‘jaligida inson mehnatini yengillashtirish va ish samaradorligini oshirishga qaratilgan. Loyiha avtomatik rejimda ishlaydigan mini-traktordan iborat bo‘lib, u bir vaqtning o‘zida yerni tekislash, chuqur qazish, o‘g‘it solish, sug‘orish va ko‘chat ekish jarayonlarini bajara oladi.

Mutaxassislar fikriga ko‘ra, xorijiy analoglariga nisbatan bir necha barobar arzon bo‘lgan ushbu uskuna ko‘chatlar nobud bo‘lish xavfini kamaytirib, ish unumdorligini 4–5 barobarga oshirish imkonini beradi. Qiymati 300 million so‘m bo‘lgan loyiha Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan hamkorlikda sinovdan o‘tkazilib, keyinchalik amaliyotga joriy etilishi rejalashtirilmoqda.

Forum doirasida Prezidentimiz mazkur tashabbusni qo‘llab-quvvatlab, Oyshaxon Qodirovani maxsus sertifikat va pul mukofoti bilan taqdirladi. Bu esa yoshlarning innovasion g‘oyalari va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilayotgan yuksak e’tiborning yana bir amaliy ifodasi bo‘ldi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?