Debatlar O‘zLiDeP ğoya va maqsadlarini kengroq tarğib qilişga xizmat qilmoqda
Siyosiy partiyalar örtasidagi teledebatlarning navbatdagi 4-raundi bölib ötdi. Bu galgi teledebat qizğin bahs-munozaralar, çin ma’noda ğoya va maqsadlar bellaşuviga aylandi desak mubolağa bölmaydi. Aytiş kerakki, uşbu format O‘zLiDeP uçun ayni muddao bölmoqda. Negaki, bu jarayonda partiyamiz saylovoldi dasturida odamlar hayotida muhim ahamiyat kasb etayotgan xalqçil va hayotiy vazifalar qamrab olinganini namoyon etmoqda.
Birgina misol. Teledebatda boşqa partiya vakillari va aholi tomonidan O‘zLiDeP vakiliga ta’lim sohasiga doir dolzarb savollar yöllandi. Xususan, xususiy maktablar sonini oşiriş, davlat maktablarida ta’lim sifatini tuşişiga olib kelmaydimi? Çunki, yaxşi pedagoglar katta oylik beradigan xususiy maktablarga işga ötişi kuzatilmoqda. Bu ta’lim sohasida ijtimoiy tengsizligini keltirib çiqarmaydimi, degan savolga quyidagiça javob qaytarildi.
“Partiyamiz ta’lim sohasida raqobatni oşiriş va xususiy sektorni qöllab-quvvatlaş orqali ta’lim sifatini yanada yaxşilaşni maqsad qilgan. Xususiy maktablar soni oşirilişi ta’limga bölgan talabni qondirişga yordam beradi, qolaversa davlat maktablaridagi yukni kamaytiradi. Partiyaning maqsadi davlat va xususiy sektorda ta’lim sifatini muvozanatli rivojlantirişdir, bu esa aksinça ijtimoiy tengsizlikning oldini olişga yordam beradi.