Dehqonçilikni mirişkorlik Töraqul bobodan örganing!
Oliy Majlis Qonunçilik palatasidagi ÖzLiDeP fraksiyasi rahbari Aktam Xaitov boşçiligidagi işçi guruh Mirişkor tumanidagi "Mirişkor" MFY Yoşlik köçasi 39-xonadonda yaşovçi Töraqul bobo Nusratovning tomorqaçilik tajribasini örganişdi.
Saksonga yaqinlaşib qolgan otaxon yer bilan tillaşiş bobida köpçilikka örnak bölib kelayapti. Xonadonda böş turgan odamni körmaysiz. Ular tomorqaçilik va çorvaçilik bilan şuğullanişadi. Yiğin hududida 715 ta oila bölib, 2718 yil nafar aholi istiqomat qiladi. Ayniqsa, sarimsoq piyoz yetiştirişda ularga teng keladigani yöq. 10 sotix maydondan yiliga 3 marotaba hosil olib, 60-70 million söm daromad qilişadi. Dastlab sarimsoq piyoz, söng kartoşka, oxirida esa makkajöxori ekişadi. Çesnok va makka donini eksportga çiqarişyapti.
- Bizni oqova suv muammosi qiynab kelayapti, - deydi Töraqul bobo. – Yerlarimiz nihoyatda şör, bu ham yetmaganday yer osti suvlarimiz ham içiş uçun yaroqsiz. Ammo ekinlarni suğorsa böladi. Odamlarimiz nihoyatda mehnatsevar, erta bahordan qora qişgaça tomorqadan beri kelişmaydi. Lotoklar örnatilayapti. Xudo xohlasa, oqova suvlar ham kelib qolar. Köpçilikda çorva bor. Şu bois qişloğimizda sut mahsulotlari va göşt boşqa joylarga nisbatan ança arzon.
MFY raisi Hilola Ahmedova doimo odamlar orasida. Mahallamiz tadbirkorlikni rivojlantiriş, aholi bandligi va farovonligini yanada yaxşilaş yölida sira tinim bilmaydi. Aholi soni kam bölganligi bois open byudjetdan yuta olmayapmiz. MFY hududidagi qişloqlar yöllari butunlay yaroqsiz bölib qolgan. Qaniydi, deputatlarimiz bu borada bizga yordam bersalar, nur ustiga a’lo nur bölardi.
Uşbu kötarilgan muammolar deputat nazoratiga olindi, hal etiş çoralari köriladigan böldi.