Asosiy kontentga o‘tish
Seshanba 02-iyun 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Dehqonoboddagi sayyor qabulda 4 fuqaroga 30 million so‘mlik imtiyozli kredit, 2 nafar fuqaroga esa 25 mln so‘m moliyaviy ko‘mak berildi

25.05.2026
198

O‘zLiDeP Qashqadaryo viloyat kengashi tomonidan “Xalq bilan birga” dasturi doirasida Dehqonobod tumanida navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi.

Sayyor qabulda 150 nafarga yaqin fuqarolar ishtirok etib, ularning 97 ta murojaati ko‘rib chiqildi. Bandlik, kommunal xizmatlar, tibbiyot, ta’lim va ijtimoiy masalalarga oid murojaatlarning 53 tasi shu joyning o‘zida ijobiy hal etildi, 44 tasi bo‘yicha huquqiy tushuntirishlar berildi. Shuningdek, 26 ta masala qo‘shimcha o‘rganish va nazoratga olindi.

Amaliy yordam sifatida 4 nafar fuqaroga 30 mln so‘mlik imtiyozli kreditlar ajratildi, 2 nafarga 25 mln so‘m moliyaviy ko‘mak ko‘rsatildi, 5 ta kam ta’minlangan oilaga shiferlar berildi. Shu bilan birga, 8 nafar yoshlar va xotin-qizlar ish bilan ta’minlanib, 6 nafar bemor fuqaroga tibbiy yo‘llanmalar taqdim etildi.

Tadbir ishtirokchilari ta’kidlaganidek, bu kabi sayyor qabullar inson qadrini ulug‘lash, aholi muammolarini joyida hal etish va xalq ishonchini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Dehqonoboddagi amaliy ishlar esa islohotlarning hayotiy samarasini yaqqol namoyon etmoqda.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?