Asosiy kontentga o‘tish
Dushanba 23-noyabr 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Virtual qabulxona
0
Virtual qabulxona
Xayriya qiliş

O‘zLiDeP deputati talaba qizlarning taklif va taşabbuslarini qöllab-quvvatladi

20.05.2026
477

“Xalq bilan birga” dasturi doirasida Buxoro şahar Kengaşi deputati Malika Işxodjayeva Osiyo xalqaro universiteti talaba-qizlari bilan oçiq va samimiy uçraşuv ötkazdi. Muloqot davomida xotin-qizlar uçun oliy ta’limda yaratilgan imkoniyatlar, zamonaviy kasb-hunar egallaş, tadbirkorlikni rivojlantiriş hamda yoşlar bandligini ta’minlaş böyiça amalga oşirilayotgan işlar haqida atrofliça fikr almaşildi.
Uçraşuvda talaba-qizlar öz orzu-intilişlari, kelajak rejalari va jamiyatda munosib örin egallaş borasidagi qaraşlari bilan örtoqlaşdilar. Şuningdek, ta’lim jarayonida uçrayotgan qiyinçiliklar, amaliyot ötaş va iş bilan ta’minlaş masalalari yuzasidan bildirilgan fikr va takliflar diqqat bilan tinglandi.
Tadbir davomida “Yoş lider qizlar klubi”ni taşkil etiş, tadbirkor ayollar iştirokida mahorat darslari ötkaziş hamda psixologik qöllab-quvvatlaşga qaratilgan “Motivatsiya maydoni” platformasini yaratiş kabi muhim taşabbuslar ilgari surildi. Yoşlarning faolligi va taşabbuskorligi jamiyat taraqqiyotining muhim omili ekani, ularning har bir ğoyasi e’tibor markazida bölişi ta’kidlandi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?