Asosiy kontentga o‘tish
Payshanba 22-oktyabr 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Virtual qabulxona
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Deputat ko‘magida 25 nafar xotin-qiz ish bilan ta’minlandi

22.10.2026
101

O‘zLiDePning “Xalq bilan birga” umummilliy dasturi doirasida Sirdaryo viloyati Oqoltin tumanidagi “Bo‘ston” mahallasida aholi bandligini ta’minlash va xotin-qizlar uchun yangi ish o‘rinlarini yaratish borasida amaliy ishlar olib borilmoqda.

Avvalroq Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Gavhar Olimova hududni o‘rganish va saylovchilar bilan uchrashuvlar davomida mahallada ish o‘rinlari yetishmasligi hamda ishsiz fuqarolar ko‘pligi bilan bog‘liq muammolarga e’tibor qaratgan edi. Mazkur masalalarni hal etish maqsadida Oliy Majlis huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondining moliyaviy ko‘magida 150 million so‘mlik grant loyihasi ajratildi.

Amalga oshirilgan sa’y-harakatlar natijasida xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati Mirza Sulaymonov tashabbusi bilan “Bo‘ston” mahallasida tikuvchilik syexi tashkil etildi. Eng muhimi, mazkur syexda 25 nafar xotin-qiz doimiy ish bilan ta’minlandi. Bu ularning daromad topishi, oilaviy farovonligini oshirishi va iqtisodiy faolligini kuchaytirishi uchun yangi imkoniyat yaratdi. Tadbirda senator, O‘zLiDeP Sirdaryo viloyat Kengashi raisi Pokiza Ahmedjanova, partiya viloyat Kengashi deputati Shohista Bozorboyeva, tegishli tashkilotlar mas’ullari hamda partiya faollari ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida mahallalarda aholi bandligini ta’minlash, yangi ish o‘rinlarini tashkil etish va fuqarolarni qiynayotgan muammolarga joyida amaliy yechim topish muhimligi ta’kidlandi. “Bo‘ston” mahallasida tikuvchilik syexining ish boshlashi “Xalq bilan birga” dasturi doirasida aholi murojaatlarini o‘rganish va ularni aniq amaliy natijalar orqali hal etishning muhim namunasidir. Bunday tashabbuslar, ayniqsa, xotin-qizlarning bandligini oshirish, oilalar daromadini ko‘paytirish va mahallada tadbirkorlikni rivojlantirishga xizmat qiladi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?