Asosiy kontentga o‘tish
Dushanba 02-fevral 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Deputat nazorati: Qaratal mahallasiga toza ichimlik suvi zarur

02.02.2026
73

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Guljan Xolmuratova Qo‘ng‘irot tumanidagi “Qaratal” mahallasida bo‘lib, hududni har tomonlama o‘rganishga alohida e’tibor qaratdi. Mahalla faollari va yettilik bilan uchrashuvda aholining turmush tarzi, asosiy mashg‘ulotlari hamda mavjud muammolar batafsil muhokama qilindi.

Mahallada 3 ming 373 nafar aholi istiqomat qilishi, ularning aksariyati dehqonchilik va chorvachilik bilan shug‘ullanishi qayd etildi. Ayniqsa, aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash masalasi dolzarb ekani ta’kidlanib, ushbu muammolarni hal etish bo‘yicha amaliy takliflar bildirildi.

Uchrashuv davomida mahallaning ijtimoiy infratuzilmasi, ta’lim va xizmat ko‘rsatish sohalari holati ham o‘rganildi. Deputat aholi turmush darajasini yaxshilash, mahallada barqaror rivojlanishni ta’minlashga qaratilgan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashini bildirib, bildirilgan murojaatlar nazoratga olinishini ta’kidladi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?