Asosiy kontentga o‘tish
Seshanba 02-dekabr 2025-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Deputat mahallada kambag‘allikni kamaytirish va aholi bandligini ta’minlash holatini o‘rgandi

28.11.2025
72

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Odinaxon Otaxonova Asaka tumanida saylovchilar uchrashuvlar doirasida tuman hokimining birinchi o‘rinbosari hamda mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirokida “Shodlik” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida olib borilayotgan keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlarini o‘rgandi.
Dastlab deputat mahalla hududida joylashgan “Madaniyat va istirohat bog‘i”da bo‘lib, bu yerda davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshirilayotgan qurilish va yangilanish ishlari bilan yaqindan tanishdi. Loyiha doirasida aholi uchun yaratilayotgan madaniy-ma’rifiy imkoniyatlar, zamonaviy dam olish infratuzilmasi va bolalar hamda kattalar uchun qulay shart-sharoitlar batafsil taqdim etildi.
Mazkur loyiha Prezidentimiz tomonidan ilgari surilayotgan “Inson qadri uchun” tamoyilining amaliy ifodasi bo‘lib, fuqarolarning madaniy hordiq chiqarish imkoniyatlarini kengaytirish, oilalar uchun munosib istirohat maskanlarini barpo etishni maqsad qilib olgan.
Tashrif davomida Odinaxon Otaxonova mahalla faollari va aholi vakillari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Uchrashuv chog‘ida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan yangilanishlar, ijtimoiy sohalardagi islohotlar, inson manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan qonunchilikdagi yangi me’yorlar haqida atroflicha ma’lumot berildi.
Yakuniy xulosa sifatida deputat mas’ul tashkilotlar va loyiha ijrochilariga qurilish va ta’mirlash ishlarini belgilangan talablar asosida, sifatli hamda o‘z vaqtida amalga oshirish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berdi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?