Deputat taşabbusi bilan bepul öquv kursi faoliyati yölga qöyildi
Şarof Raşidov tumanida ayni paytda 242 mingdan ziyod aholi istiqomat qiladi. Boşqa joylarda bölgani kabi, bu yerda ham dardli muammo – kambağallikni bartaraf etiş yuzasidan amalga oşirilayotgan çora-tadbirlarda aholini kasb – hunarga öqitiş, şu asnoda ularning bandligini ta’minlaş masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqda. E’tiborli tomoni, uşbu ezgu sa’y-harakatlarda maslakdoş deputatlarimizning örni katta bölmoqda.
Yaqinda partiya tuman bölimi raisi, xalq deputatlari tuman Kengaşidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi, taniqli tadbirkor Şarofat Noriyeva taşabbusi bilan xayrli işga qöl urildi. Maslakdoş deputatimiz hokim yordamçisi sifatida faoliyat olib borayotgan “Olmaçi” mahalla fuqoralar yiğini hududida “Agrobank” ATB viloyat filiali bilan hamkorlikda “Gulçi opa” öquv kursi yölga qöyildi.
Bu yerda xotin-qizlarga öz tomorqalarida, şuningdek, qişloq höjaligi va çorvaçilik yönalişlaridagi serdaromad sohalarda bilim va könikmalar hosil qilişlariga kömaklaşiş boş maqsad qilib qöyilgan. Öquv kursida 22 ta yönaliş böyiça maşğulotlar ötkaziş rejalaştirilgan bölib, birgina tomorqaçilik yönalişida, an’anaviy sabzavot va kökat, gul yetiştirişdan tortib, qulupnay, qöziqorin kabi serdaromad 10 dan ortiq yönalişlarda bilim va könikmalar berilmoqda.
5 kun davom etadigan öquv va amaliy maşğulotlardan söng iştirokçilar maxsus sertifikat egasiga aylanişadi.
Deputat taşabbusi bilan yölga qöyilgan öquv kursida yil oxirigaça 2 ming nafar jizzaxlik xotin-qizlarni kasb – hunarga öqitiş rejalaştirilgan.
Xolbek Asatov
O‘zLiDeP Jizzax viloyat Kengaşi
Siyosiy ta’lim va deputatlik guruhlari bilan
işlaş bölimi mudiri