Deputat tashabbusi: Qo‘rg‘ontepada chiqindi suvlarni tozalash inshooti faoliyati qayta tiklandi
Qo‘rg‘ontepa tumanida bir necha oylardan beri ishlamay turgan chiqindi suvlarni tozalash inshooti faoliyati qayta tiklandi. Bu muammo aholi tomonidan Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Iftixorjon Jo‘rayevga murojaat asosida ko‘tarilgan edi.
Deputat masalani joyida o‘rganib, viloyat Kengashi huzuridagi OʻzLiDeP deputatlik guruhi yig‘ilishida muammoni muhokamaga chiqardi va suv xo‘jaligi mas’ullariga rasmiy tarzda murojaat kiritdi. Inshootning ishdan chiqqan asosiy boshqaruv qismi ta’mirdan chiqarilib, qayta o‘rnatildi.
Bugungi kunda chiqindi suvlarini tozalash inshooti to‘la quvvatda ish boshladi. Bu tashabbus tumanda ekologik barqarorlikni ta’minlash, aholi salomatligini muhofaza qilish va odamlar turmush sifatini oshirishda muhim qadam bo‘ldi. Aholi deputat I. Jo‘rayevga muammoga befarq bo‘lmagani va amaliy yordami uchun minnatdorchilik bildirmoqda.