Deputat Yakkaboğning eng olis toğli hududidagi aholining kundalik hayoti bilan tanişdi
Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati Nargiza Salomova Yakkaboğ tumanida bölib, “Daryo” mahalla fuqarolar yiğini hududida saylovçilar bilan oçiq va samimiy uçraşuvlar ötkazdi. Örganişlar davomida aholi bilan yuzma-yuz muloqot qilinib, ularni qiynayotgan masalalar, muammo va takliflar joyida örganildi.
Uçraşuvlarda Prezidentimizning Oliy Majlis va xalqimizga yöllagan Murojaatnomasi hamda “Özbekiston – 2030” strategiyasida belgilangan ustuvor vazifalar mazmun-mohiyati tuşuntirildi. Xususan, kambağallikni qisqartiriş, aholi bandligini ta’minlaş, “oğir” mahallalarda yangi iş örinlari yaratişga qaratilgan çora-tadbirlar haqida ma’lumotlar berildi.
Şuningdek, deputat xonadonlarga taşrif buyurib, aholining ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli va kundalik hayoti bilan yaqindan tanişdi. Aniqlangan muammolar nazoratga olinib, ularni hal etiş böyiça tegişli çoralar körilişi ta’kidlandi.