Asosiy kontentga o‘tish
Shanba 15-avgust 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Virtual qabulxona
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Deputatlar fermerlarning imkoniyat va muammolarini o‘rgandi

14.08.2026
22

Xalq deputatlari Marhamat tuman Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi yig‘ilishida qishloq xo‘jaligida belgilangan vazifalar ijrosi, fermerlarga yaratilayotgan imkoniyatlar va mavjud muammolar tahlil qilindi.

O‘rganishlarga ko‘ra, tumandagi 242 ta fermer xo‘jaligi bilan Fermerlar kengashi o‘rtasida a’zolik badali bo‘yicha onlayn shartnomalar tuzilgan. Shuningdek, “Yashil makon” loyihasi doirasida dala chetlariga 1,5 million tup ko‘chat ekilib, reja 105,5 foizga bajarilgan.

2026 yil hosili uchun tumanda 5,5 ming gektar maydonda g‘alla ekilgan. Asosiy maydonlarda 1 242 gektar kartoshka, 1 295 gektar sabzavot, 71 gektar poliz, 483 gektar moyli, 727,3 gektar dukkakli va 833,7 gektar ozuqa ekinlari joylashtirilgan. Natijada 25 460 tonna kartoshka, 21 849 tonna sabzavot, 1 562 tonna poliz va 17 025 tonna ozuqa mahsuloti yetishtirish rejalashtirilgan.

Deputatlar ekin maydonlaridan samarali foydalanish, hosildorlikni oshirish, fermerlarni qo‘llab-quvvatlash va yetishtirilgan mahsulotlarni ichki bozorga yo‘naltirish masalalari bo‘yicha o‘z taklif-mulohazalarini bildirishdi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?