Asosiy kontentga o‘tish
Juma 05-dekabr 2025-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Deputatlar taklifi bilan hududlararo xospislarni tashkil etish uchun mablag‘ ajratilmoqda

05.12.2025
72

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi fraksiyasi yig‘ilishida dastlab Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning shu yil 2-dekabr kuni Jizzax viloyatiga tashrifining ahamiyati haqida so‘z yuritildi.

Shundan so‘ng, deputatlar “2026-yil uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti to‘g‘risida”gi qonun loyihasini atroflicha muhokama qildilar.

Fraksiya a’zolari soliq va bojxona stavkalarining o‘zgarmasdan qoldirilishi budjet daromadlarini iqtisodiy o‘sish hisobidan ta’minlash imkonini berishini ta’kidladi. Bu esa soliq ma’murchiligidagi islohotlar natijasida sog‘lom raqobat muhitini kuchaytirish, “yashirin iqtisodiyot” ulushini qisqartirish va mahalliy budjetlarning mustaqilligini oshirishga xizmat qiladi.

Muhokamalar davomida qonun loyihasini ikkinchi o‘qishga tayyorlash jarayonida fraksiya a’zolari tomonidan bildirilgan bir qator takliflar e’tiborga olingani va hujjat matnida aks etganligi qayd etildi. Deputatlar bildirgan taklif va tavsiyalar asosida qonun loyihasiga bir qancha konseptual ahamiyatga ega bo‘lgan o‘zgartirishlar kiritilayotgani aytib o‘tildi.

Xususan, fraksiyasi a’zolari taklifiga muvofiq, Toshkent shahri va Farg‘ona viloyatlarida onkologik va yuqumli bo‘lmagan boshqa kasalliklarning o‘tkazib yuborilgan bosqichini boshidan kechirayotgan bemorlarni statsionar hamda ambulatoriya sharoitida, shuningdek, uyda tibbiy davolash imkoniyati bo‘lmaganda, ularga tibbiy-psixologik yordam ko‘rsatadigan hududlararo xospislarni tashkil etish uchun 50 mlrd. so‘m mablag‘ ko‘zda tutilayotgani urg‘ulandi.

Fraksiya a’zolari moliyaviy intizom va shaffoflikni yanada mustahkamlash, budjet mablag‘larini manzilli yetib borishini ta’minlash samaradorlikning muhim sharti ekanini qayd etdilar. Muhokamalardan so‘ng, qonun loyihasi qo‘llab-quvvatlandi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?