Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlaniş va milliy taraqqiyotning ustuvor mezoni
Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va Özbekiston xalqiga navbatdagi Murojaatnomasi mazmun-mohiyati, qamrovi va strategik ahamiyati bilan mamlakatimiz hayotida alohida örin tutadi. U nafaqat ötgan yil yakunlari yoki kelgusi rejalar bayoni, balki xalq bilan oçiq va samimiy muloqot, işonçga tayangan aniq yöl xaritasi, Yangi Özbekistonni birgalikda barpo etişga qaratilgan umummilliy da’vatdir.
Murojaatnomada sönggi töqqiz yilda bosib ötilgan taraqqiyot yöli aniq raqamlar va amaliy natijalar asosida yoritib berildi. Iqtisodiyot, ijtimoiy himoya, infratuzilma, ta’lim, tibbiyot, raqamlaştiriş va taşqi siyosat sohalarida “gapdan amalga” tamoyili ustuvor ekani yaqqol namoyon böldi. Eng muhimi, olib borilayotgan islohotlar samarasi har bir mahalla, har bir xonadon va har bir inson hayotida sezilmoqda.
Murojaatnomaning boş ğoyasi va mafkuraviy asosi inson qadridir. Kambağallikni qisqartiriş, doimiy iş örinlari yaratiş, ta’lim va inklyuziv ta’limni rivojlantiriş, yoşlar va xotin-qizlarni qöllab-quvvatlaş, aholi uçun teng imkoniyatlar yaratişga qaratilgan çora-tadbirlar davlat siyosati markazida inson turganini yana bir bor tasdiqlaydi.
Ayniqsa, 2026-yilning “Mahallani rivojlantiriş va jamiyatni yuksaltiriş yili” deb e’lon qilinişi xalqimizga xos hamjihatlik, özaro mas’uliyat va birdamlik qadriyatlarini yanada mustahkamlaşga xizmat qiladi. Zero, mahalla tinçlik, mehr-oqibat va adolat manbai. Mahalla rivojlansa, jamiyat barqaror böladi, mamlakat yuksaladi.
Murojaatnomada belgilab berilgan olti ustuvor yönaliş - mahalla infratuzilmasini rivojlantiriş, iqtisodiyotni texnologik va innovatsion ösiş modeliga ötkaziş, içki bozorda talabni rağbatlantiriş, kasblarni rivojlantiriş va yangi mehnat bozorini şakllantiriş, ekologik muvozanatni ta’minlaş hamda zamonaviy davlat boşqaruvi va adolatli sud-huquq tizimini barpo etiş - Yangi Özbekistonning strategik manzilini aniq belgilab berdi. Bu yönalişlar orzu yoki şior emas, balki puxta hisob-kitob, real imkoniyat va qat’iy siyosiy irodaga tayangan amaliy strategiyadir.
Xulosa qilib aytganda, mazkur Murojaatnoma jamiyat hayotida davlat va xalq örtasidagi işonçni yanada mustahkamlovçi, fuqarolarni umummilliy maqsadlar atrofida birlaştiruvçi muhim siyosiy-strategik hujjat sifatida namoyon bölmoqda. U faqat davlat boşqaruvi organlari uçun dastur emas, balki keng jamoatçilik uçun yöl-yöriq, mas’uliyat va faol iştirokka çorlovçi qöllanmadir.
Murojaatnoma jamiyatda oçiqlik, mas’uliyat va iştirok madaniyatini kuçaytirib, “davlat jamiyat inson” örtasidagi özaro işonç va hamkorlikni yangi sifat bosqiçiga olib çiqmoqda. Inson qadrini oliy qadriyat sifatida e’tirof etiş, qonun ustuvorligi, ijtimoiy adolat va korrupsiyaga qarşi murosasiz kuraşişga qaratilgan aniq vazifalar esa fuqarolarning davlat siyosatiga işonçini yanada oşirmoqda.
Şu ma’noda, Murojaatnoma jamiyatni birlaştiruvçi, safarbar etuvçi va ilhomlantiruvçi kuçga ega dasturiy hujjatdir. U har bir fuqaroni Vatan taqdiriga daxldorlik hissi bilan yaşaşga, öz mas’uliyatini çuqur anglab, umumiy taraqqiyotga munosib hissa qöşişga undaydi.
Zero, belgilangan yuksak marralarga erişiş faqat davlat sa’y-harakatlari bilan emas, balki jamiyatning birdamligi, faolligi va işonçi bilan amalga oşadi. Ana şu birdamlik esa Yangi Özbekistonning eng mustahkam tayançi va kelajakdagi muvaffaqiyatlarining kafolatidir.
Bir bölsak barçasiga qodirmiz.
J.Jumayev,
Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati