Deputatlar Urgutdagi islohotlar jarayoni bilan tanişdi
Urgut tumanida xalq vakillari, yoşlar hamda biznes vakillari iştirokida bir qator muhim uçraşuvlar ötkazilib, tumanning rivojlaniş istiqbollari, yoşlar uçun imkoniyatlar va sanoat salohiyati atrofliça muhokama qilindi.
ÖzLiDeP fraksiyasi a'zolari Zebiniso Raxmanova, Muhsinjon Xolmuxammedov, Diyor Xusanov hamda tuman Kengaşi deputati Gözal Hamroqulova Samarqand davlat universitetining Urgut filialida yoşlar bilan oçiq muloqot uyuştirdi. Uçraşuvda yoşlar siyosati, ta’lim sohasidagi islohotlar, innovasion ğoyalarni qöllab-quvvatlaş, korrupsiyaga qarşi kuraşiş kabi muhim masalalar muhokama qilindi.
Deputatlar ta’lim sifatini oşiriş, zamonaviy laboratoriyalar, grant va stipendiyalar imkoniyatlari, şaffof baholaş tizimi joriy etilayotgani haqida ma’lumot berdi. Talabalar esa özlarini qiziqtirgan savollar, taklif va muammolarini aytib, ularga birinçi qolda yeçim topiş böyiça mas’ullarga topşiriqlar berildi.
Deputatlar Urgutda barpo etilgan yangi vokzal faoliyati bilan ham tanişdilar. Samarqand–Urgut yönalişi böylab yölga qöyilgan poyezd qatnovi aholi uçun tez, qulay transport xizmati yaratib, tumanda işlab çiqarilgan mahsulotlarni yuk poyezdlari orqali yetkazib beriş imkoniyatlarini ança kengaytirişi kutilmoqda.
Loyiha doirasida ikki ta zamonaviy vokzal, ikkita yuk stansiyasi, bir qator infratuzilma inşootlari barpo etilgani, kelgusida temir yölni elektrlaştiriş rejalaştirilgani ta’kidlandi.
Parlament vakillari Urgut tumanidagi “Ferre Group” maişiy texnika işlab çiqariş korxonasida ham bölib, işlab çiqariş jarayoni bilan yaqindan tanişdilar. Erkin iqtisodiy zonada joylaşgan uşbu majmua mintaqa sanoatida muhim örin egallab, muzlatkiç, gaz plita, çangyutkiç, temir eşiklar va boşqa turdagi maişiy texnika mahsulotlarini işlab çiqarmoqda.
Korxonaning yillik quvvati 250 ming donani taşkil etib, mahsulotlar “Dorsa”, “Kleo”, “Ferre” brendlari ostida Markaziy Osiyo va Ozarbayjonga eksport qilinmoqda. 30 million dollarlik loyiha doirasida mingga yaqin iş örni yaratilgan. Deputatlar eksportbop mahsulotlar turini kengaytiriş va yangi iş örinlari taşkil etiş haqida takliflarni bildirdi.
Tadbirlar yakunlanib, Urgutda amalga oşirilayotgan islohotlar — yoşlarni qöllab-quvvatlaş, infratuzilmani rivojlantiriş va sanoat salohiyatini oşiriş — bir-biri bilan uzviy boğliq ekani qayd etildi. Bunday uçraşuv va taşriflar xalq manfaatlari yölida samarali muloqot, tezkor yeçim va oçiqlik tamoyillarini mustahkamlaydi.
Aslida, Urgutdagi bu jarayonlar hududning yangi bosqiçga kötarilayotganini, imkoniyatlar kengayayotganini va yoşlar, tadbirkorlar hamda aholi uçun yanada qulay muhit yaratilayotganini körsatadi.