Deputatlikka nomzodlar talaba yoşlar bilan uçraşdi
Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida O‘zLiDePdan Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputatligiga nomzod B.Aldamuratov va Xalq deputatlari Nukus şahar Kengaşi deputatligiga nomzod I.Quttimuratovalar talaba yoşlar bilan uçraşdi.
Unda partiyaning Qoraqalpoğiston Respublikasi Kengaşi vakillari, deputatlikka nomzodlar va ularning işonçli vakillari, mahalla faollari, talaba yoşlar va OAV vakillari iştirok etdi.
Uçraşuvda nomzodlarning işonçli vakillari saylovçilarga ularning mehnat faoliyati, şu kunga qadar olib borgan işlari böyiça yaqindan taniştirib ötdi.
Şuningdek parlamentga nomzod B.Aldamuratov saylovçilarga bu yilgi saylovlarning öziga xos jihatlari aralaş saylov tizimi asosida ötkazilişi, partiya saylovoldi dasturidagi muhim vazifalar va öz saylovoldi dasturini anik misollar bilan tuşuntirib ötdi.
Xalq deputatlari Nukus şahar Kengaşi deputatligiga nomzod I.Quttimuratova ham saylovçilarga özining saylovoldi dasturi bilan yaqindan taniştirib ötdi.
Şuningdek, partiya saylovoldi dasturining 5 maqsad va 500 vazifa doirasida kelgusi beş yilda amalga oşiriladigan işlar haqida atrofliça ma’lumotlar berildi.
Uçraşuvda saylovçilar ham söz olib, partiyaning yangi saylovoldi dasturi bilan yaqindan tanişib çiqqanliklarini va bölajak saylovlarda O‘zLiDeP va uning nomzodlarini qöllab-quvvatlaşlarini bildirib ötdilar.