Yakshanba 10-Noyabr 2024-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

O‘zLiDeP nomzodlarining hujjatlari “E-saylov” platformasiga kiritilmoqda

13.09.2024
709

Xabaringiz bor, 7-sentabr kuni poytaxtimizda O‘zLiDePning I Kongressida partiyaning saylovlarida faol ishtirok etish masalalari ko‘rib chiqilib, deputatlikka nomzodlar ko‘rsatish bo‘yicha qaror qabul qilingan edi.

Ta’kidlash joiz, nomzodlarni ko‘rsatish jarayoni partiyaning kelgusi faoliyati uchun muhim ahamiyatga ega. Nomzod ko‘rsatish bo‘yicha qabul qilingan qarorlar partiyaning saylovlardagi muvaffaqiyatini belgilaydigan eng muhim omildir.

Shundan kelib chiqib, O‘zLiDeP O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatligiga bir mandatli okruglar (majoritar tizim) bo‘yicha 75 nafar, partiyaviy ro‘yxat (proporsional tizim) bo‘yicha 100 nafar nomzodlar ko‘rsatdi.

Nomzodlarning 43 foizi ayollardan iborat bo‘lib, barcha 175 nafar nomzod oliy ma’lumotga ega, ularning 63 foizini tadbirkor va fermerlar, iqtisodiyot sohasi vakillari, 25 foizini fan, ta’lim, madaniyat va ijtimoiy sohasi vakillari, 12 foizini huquqshunoslar tashkil etadi. Shuningdek, nomzodlarning 19 nafari fan nomzodi (PhD) va 12 nafari fan doktori (DSc) ilmiy darajasiga ega.

O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy vakillik organlariga partiyadan ko‘rsatilgan nomzodlar "E-saylov” platformasiga kiritilib, barcha nomzodlar haqidagi hujjatlar Markaziy saylov komissiyasiga ro‘yxatdan o‘tkazish uchun topshirilmoqda.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?