Dolzarb masala yuzasidan axborot berilişi qöllab-quvvatlandi
Oliy Majlis Qonunçilik palatasidagi Tadbirkorlar va işbilarmonlar harakati — Özbekiston Liberal-demokratik partiyasi fraksiyasi yiğilişida dastlab davlatimiz rahbarining “Möğulistonga oliy darajadagi taşrif davomida qişloq xöjaligi va oziq-ovqat sohalarida erişilgan kelişuvlarni amalga oşiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori mazmun-mohiyati haqida söz yuritildi.
Deputatlar mazkur qaror nafaqat oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlaşga, balki partiya saylovoldi dasturidagi ustuvor vazifalar röyobiga ham xizmat qilişini ta’kidladilar.
Fraksiya yiğilişida bir qator qonun loyihalari muhokama qilinişi barobarida, Markaziy bank raisiga parlament sörovini yuboriş masalasi ham atrofliça körib çiqildi.
“Banklarni transformatsiyalaş jarayonini tezlaştiriş borasida amalga oşirilayotgan işlar töğrisida”gi mazkur sörovda davlat uluşi mavjud bölgan tijorat banklarini kompleks transformatsiya qiliş, ularning qimmatli qoğozlarini “IPO”ga çiqariş, bank işining zamonaviy standartlarini, axborot texnologiyalarni va dasturiy mahsulotlarni joriy etiş, sohaga tajribali xorijiy mutaxassislarni jalb etiş kabi masalalar böyiça röyobga çiqarilayotgan sa’y-harakatlar töğrisida ma’lumot beriş söralgan.
Deputatlar masalaning dolzarbligiga e’tibor qaratib, bank tizimining moliyaviy barqarorligini ta’minlaş, aholi va kiçik biznes uçun masofaviy xizmatlarni keng joriy qiliş, moliyaviy xizmatlar ommabopligini va sifatini oşiriş, axborot texnologiyalarini bank tizimiga keng joriy etiş, axborot xavfsizligini lozim darajada ta’minlaş yuzasidan amalga oşirilayotgan işlar böyiça ham hisobot taqdim etilişi muhimligini qayd etdilar.
Tijorat banklari tomonidan jismoniy va yuridik şaxslarga imtiyozli kredit ajratişda korrupsiya omillarini bartaraf etiş, şu jumladan, moliyaviy xizmatlar körsatişda inson omilini çeklaş, bu borada raqamlaştiriş jarayonini jadallaştirişga qaratilgan çora-tadbirlar töğrisida ham axborot berilişini qöllab-quvvatladilar.