ÖzLiDePning “Durdona” loyihasi doirasida Şahrixondagi maktabda kutubxona taşkil etildi
ÖzLiDePning “Durdona” loyihasi doirasida Andijon viloyati Şahrixon tumanidagi 29-umumiy örta ta’lim maktabida zamonaviy kutubxona taşkil etildi. Loyiha Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati Odinaxon Otaxonova taşabbusi va homiyligida amalga oşirilib, öquvçilar uçun zamonaviy, qulay va ma’rifiy muhit yaratildi. Kutubxona fondi badiiy hamda ilmiy-ommabop adabiyotlar bilan boyitildi.
Oçiliş marosimida sözga çiqqan deputat kitobning inson hayotidagi örni, ayniqsa yoşlar tarbiyasidagi beqiyos ahamiyatiga alohida töxtalib, Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyevning yoşlar bilan oçiq muloqotida belgilangan vazifalar, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirişga qaratilgan davlat taşabbuslari bugun yoşlar ma’naviyatini yuksaltirişga xizmat qilayotganini qayd etdi.
Tadbir “Kitob – ma’naviyat beşigi” mavzusidagi davra suhbati bilan davom etdi. Unda yoşlar örtasida kitobxonlikni ommalaştiriş, milliy adabiyot durdonalarini tarğib qiliş va ma’naviy muhitni kuçaytiriş masalalari muhokama qilindi. Ta’kidlanganidek, bunday taşabbuslar yoş avlodning intellektual salohiyatini oşiriş, ma’naviy dunyoqaraşini boyitiş va Yangi Özbekiston poydevorini mustahkamlaşga xizmat qiladi.