Yoşlar uçun yangi imkoniyatlar eşigi: “Mehnat va imkoniyat” davra suhbati Namanganda ötkazildi
O‘zLiDeP Namangan şahar Kengaşi tomonidan “Migratsiya va bandlik masalalari”, “Mehnat va imkoniyat” loyihasi doirasida yoşlar bilan oçiq muloqot şaklida davra suhbati taşkil etildi.
Tadbirda Namangan şahar Kambağallikni qisqartiriş va bandlikka kömaklaşiş bölimi rahbari örinbosari Anvar Rahmonov mehnat migratsiyasi va yoşlar bandligi böyiça dolzarb masalalarni oddiy va tuşunarli tarzda yoritib berdi.
Uning ta’kidlaşiça, mehnat migratsiyasiga ketiş mumkin, ammo bu jarayon faqat qonuniy yöl bilan amalga oşirilişi lozim. Şu maqsadda davlat tomonidan çet tillari va kasb-hunar kurslari taşkil etilmoqda hamda xorijiy kompaniyalar bilan rasmiy şartnomalar imzolanmoqda. Bu yoşlarni turli xavf va aldamçilik holatlaridan himoya qilişga xizmat qiladi.
Suhbat davomida eng muhim jihat sifatida yoşlarni çet elga çiqişga emas, balki Özbekistonning özida munosib iş örinlari bilan ta’minlaş masalasiga e’tibor qaratildi.
Tadbirda iştirok etgan yoşlar ham öz fikr va takliflarini bildirişdi, mehnat bozorida duç kelayotgan muammolar haqida söz yuritişdi. Uçraşuv yakunida yoşlarning xavfsizligi hamda ularni mamlakat içida munosib iş örni va imkoniyatlar bilan ta’minlaş asosiy maqsad ekani ta’kidlandi.