Yoşlarga salbiy ta’sir körsatayotgan holatlarning oldi olinadi
Oliy Majlis Qonunçilik palatasidagi ÖzLiDeP fraksiyasi yiğilişida davlatimiz rahbarining Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdoğanning taklifiga binoan joriy yil 29-yanvar kuni uşbu mamlakatga rasmiy taşrifining yakunlari haqida söz yuritildi.
Fraksiya a’zolari bu taşrif ikki davlat örtasidagi hamkorlikni yangi darajaga olib çiqişda muhim bosqiç böliş bilan birga, barça sohalardagi hamkorlikni yanada çuqurlaştirişga xizmat qilişini ta’kidladilar.
Ayniqsa, oliy darajadagi Strategik hamkorlik kengaşining törtinçi yiğilişi ikki tomonlama munosabatlarni yanada çuqurlaştirişga qaratilgan muhim diplomatik tadbir bölgani alohida qayd etildi.
Şundan söng, bir guruh deputatlar tomonidan qonunçilik taşabbusi huquqi asosida kiritilgan — “Özbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksiga qöşimçalar va özgartiriş kiritiş haqida”gi qonun loyihasi körib çiqildi.
Uşbu qonun loyihasi bilan garovga qöyilgan mulkni işonib topşirilgan şaxs tomonidan qonunga xilof ravişda tasarruf etiş oz miqdor yoki köp bölmagan miqdorda sodir etilgan taqdirda ma’muriy javobgarlik belgilanmoqda. Bu orqali bu turdagi huquqbuzarliklar uçun javobgarlikdagi mavjud böşliq bartaraf etilmoqda.
Muhokamalar davomida fraksiya a’zosi Barno Berdiyeva qonun loyihasining mazmun-mohiyatiga alohida töxtalib, undagi ayrim normalar yuzasidan öz fikr-mulohazalari, taklif va tavsiyalarini bildirib ötdi.
—Yiğilişda uşbu qonun loyihasini atrofliça muhokama qilib, uni takomillaştiriş böyiça öz takliflarimizni berdik, — dedi deputat. — Loyihada nazarda tutilayotgan normalar jamiyatda xavfsiz muhitni mustahkamlaş, yangi turdagi huquqbuzarliklar paydo bölişining oldini oliş, aholi, ayniqsa, yoşlarga salbiy ta’sir körsatayotgan holatlarni bartaraf etişga xizmat qiladi. Yuqoridagilarni e’tiborga olib, uşbu qonun loyihasini ma’qulladik.
Yiğilişda kun tartibidan örin olgan boşqa masalalar ham körib çiqildi va qöllab-quvvatlandi.