Asosiy kontentga o‘tish
Payshanba 18-iyun 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Eng chekka hudud aholisi uchun bepul tibbiy ko‘rik tashkil qilindi

18.06.2026
96

“Salomatlik sari” loyihasi doirasida Do‘stlik tumanidagi Saritepa mahallasida bepul tibbiy ko‘rik tashkil etildi.

Tadbirda 80 nafardan ortiq kam ta’minlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlar malakali shifokorlar ko‘rigidan o‘tdi. Ular kardiolog, terapevt, onkolog, ginekolog, okulist, nevropatolog va stomatolog qabullarida bo‘lishdi.

Tibbiy tekshiruvlar davomida salomatligida muammo aniqlangan fuqarolarga zarur tavsiyalar va mutaxassislar maslahatlari berildi.

Shuningdek, aksiya ishtirokchilariga sog‘lom turmush tarzi, to‘g‘ri ovqatlanish va jismoniy faollikning ahamiyati haqida tushunchalar berildi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?