Erkin va faravon, qudratli Yangi Özbekistonni birgalikda quramiz
Özbekiston Liberal-demokratik partiyasidan viloyat, tuman va şahar Kengaşlari deputatligiga nomzodlarning saylovçilar bilan uçraşuvlari qizğin davom etmoqda.
Xalq deputatlari Navoiy viloyat Kengaşiga 27 Kamolot saylov okrugidan körsatilgan nomzod Quvondiq Sanoqulovning saylovçilar bilan uçraşuvi Zarafşon şahridagi “Oltin vodiy” madaniyat saroyida bölib ötdi.
Uşbu muloqotda mamlakatimiz iqtisodiyotining drayveri sanoatining turli sohalaridagi mutaxassislar, malakali muhandislar va sohaga endi qadam qöygan yoş xodimlardan iborat, mahalla yettiligi vakillari va 500 nafardan ziyod yoş saylovçilar qatnaşdi.
Uçraşuvda ÖzLiDeP saylovoldi dasturining asosiy yönalişlari, xususan, 5 maqsad va 500 vazifa doirasida kelgusi beş yilda amalga oşiriladigan işlar hamda ularning aholi hayotidagi ahamiyati haqida atrofliça ma’lumot berildi.
Yuqori kayfiyatda nihoyasiga yetgan uçraşuvda elektorat vakillari saylovçilarni ÖzLiDeP va uning nomzodlariga ovoz berişga çaqirişdi.