Asosiy kontentga o‘tish
Yakshanba 22-noyabr 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Virtual qabulxona
0
Virtual qabulxona
Xayriya qiliş

“Erkin va farovon, qudratli yangi Özbekistonni birgalikda quramiz!”

19.10.2024
1119

Xiva şahridagi Içan qal’a majmuasi Köhna ark maydonida “Erkin va farovon, qudratli yangi Özbekistonni birgalikda quramiz!” şiori ostida ÖzLiDeP saylovoldi tarğibot tadbiri bölib ötdi.

“Oçiq osmon ostidagi muzey” deya e’tirof etilgan Xiva şahrida ötkazilgan tadbirda mingdan ziyod tadbirkorlar, fermerlar, ta’lim, tibbiyot, madaniyat va san’at sohasi vakillari, partiya faollari hamda talaba yoşlar iştirok etdi.
Tarğibot tadbirida partiyaning kelgusi beş yillikdagi ustuvor vazifalari, barça soha va yönalişlarni qamrab olgan saylovoldi dasturidagi vazifalar muhokama qilindi.

Ta’kidlanganidek, partiya saylovoldi dasturida raqamli iqtisodiyot, innovatsiyalarni rivojlantiriş, sun’iy intellektdan unumli foydalanişni rağbatlantiruvçi huquqiy va moliyaviy şaroitlarni yaratiş, raqamli sanoatni jadal rivojlantiriş dasturlari qabul qiliş taklifini ilgari surmoqda. Raqamli texnologiyalarga ixtisoslaşgan korxonalarning eksport faoliyatini jadallaştiriş, “Çip sanoati”, sun’iy intellekt, nanotexnologiyalar va şu kabi zamonaviy ilğor tarmoqlarni rivojlantiriş böyiça dastur işlab çiqiş yuzasidan partiyaning aniq rejalari töğrisida fikr yuritildi. Şuningdek, partiya çekka hududlarda ta’lim va soğliqni saqlaş taşkilotlaridagi yuqori malakali mutaxassislar uçun tibbiy xizmat körsatiş, qöşimça ta’til kunlari, sayohat uçun tölovlar, uy-joy ijarasini öz içiga olgan “Ijtimoiy paket” tizimini joriy etişni taklif etmoqda.

Bundan taşqari, ÖzLiDeP şifokorlarni xorijiy mamlakatlarga tajriba almaşiş uçun davlat hisobidan yuborişda nodavlat tibbiyot taşkilotlari şifokorlari uçun ham kvotalar ajratiş, davlat tibbiy suğurtasi bilan birga nodavlat tibbiy suğurta tizimini joriy etişni muhim taşabbus sifatida ilgari surmoqda.

Tadbir sönggida iştirokçilar bölajak saylovlarda ÖzLiDePni qöllab-quvvatlab ovoz berişga çaqirildi. Tarğibot tadbiri maşhur san’atkorlarning kuy-qöşiqlariga ulanib ketdi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?